O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yagona interaktiv portalini yanada rivojlantirish bo'yicha seminar bo'lib o'tdi
2021-12-30 | Jamiyat
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida UZINFOCOM yagona integratori vakillari hamda TATU o‘qituvchi va talabalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ta’kidlanganidek, ko‘plab o‘qituvchilar va rahbarlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) ishini chuqur o‘rganishdan manfaatdor. Bunday treninglarni o‘tkazish orqali o‘qituvchilarning o‘zlari kelajakda talabalarga interaktiv xizmatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirib berishlari va shu orqali jamiyatimizning keng qatlamlariga xizmat ko‘rsatish qamrovini kengaytirishga hissa qo‘shishlari mumkin bo‘ladi.
UZINFOCOM vakillari Yagona portal faoliyatidagi yangiliklar, qiziqarli tafsilotlar, uning yaratilish tarixi haqida so‘zlab berdi.
Ma’lumot uchun, Yagona portal orqali bugun uch yuzdan ortiq elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoni bor.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi