O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

"O‘ztransgaz" AJ: 2022-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar ishlab chiqildi

2022-01-08 | Jamiyat

"O‘ztransgaz" AJ tizimidagi har bir korxonada tartibga ko‘ra tunu-kun uzluksiz tarzda ish olib borilyapti.

Bu mehnat jarayoni mamlakatimiz iqtisodiyot tarmoqlariga va aholiga tabiiy gaz yetkazib berishdek mas’uliyatdan kelib chiqqan holda amalga oshirilmoqda.

Shu o‘rinda dastlab yakuniga yetgan yildagi ko‘rsatkichlarga e’tibor qaratsak, “O‘ztransgaz” AJ tomonidan gaz transport tizimi inshootlarini 2021/2022-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha 2021-yilda bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, «O‘ztransgaz» AJ tasarrufidagi 13 ming 198 km magistral gaz quvurlarning 93,7 km nuqsonli qismlari kapital ta’mirlandi (rejaga nisbatan 106%), 143 kmdan ortiq quvur rekonstruksiya qilindi (rejaga nisbatan 122 %) hamda 140 km (reja 100%) yangi gaz quvurlari qurildi. 3 ming 800 km uchastkasi porshen orqali tozalandi hamda texnik holatini o‘rganish maqsadida 802 km quvurlarning ichki sirti diagnostika ishlari bajarildi.

Natijada magistral gaz quvurlarning ishlar bajarilgan uchastkalarida ruxsat etilgan ishchi bosim ko‘rsatkichlari, tabiiy gazni o‘tkazuvchanlik quvvati 1,3 barobarga oshirildi. Yoki respublikaning shimoliy qismidan janubiy-sharqiy qismiga yiliga qo‘shimcha 2,1 milliard kub metr tabiiy gazni o‘tkazib berish imkoniyati yaratildi.

Shuningdek, 126 ta gaz taqsimlash stansiyasi rekonstruksiya qilindi hamda mukammal ta’mirlandi. Kompressor stansiyalardagi gaz haydash agregatlarning 19 tasi (reja – 17 ta) mukammal, 44 tasi (reja – 44 ta) o‘rta, 29 tasi (reja – 21 ta) joriy ta’mirlandi. Gazni yer ostida saqlash inshootlariga 3 mlrd. 59 mln metr kub yoki belgilangan rejaga nisbatan 106 foiz tabiiy gaz jamlandi.

Respublikamiz hududlari, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy va kommunal soha ob’ektlarini 2022-yilning boshidan boshlab barqaror ishlashini tizimli tashkil etish bo‘yicha 30 dekabrda davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalarga asosan 2022-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, 67,4 km magistral gaz quvurlari kapital ta’mirlanadi. 175 kilometr yangi quvur quriladi. “DKS-Gazli” kompressor stansiyasining DKS-4 va DKS-5 sexlaridagi 10 ta gaz haydash agregatlari mukammal ta’mirlanadi hamda 10 ta zamonaviy dvigatellar o‘rnatiladi.

Kompressor stansiyalardagi gaz haydash aregatlarining 30 tasi mukammal, 41 tasi o‘rta, 18 tasi joriy ta’mirlanadi. bugungi kunda “O‘ztransgaz” AJ tomonidan respublika iste’molchilariga kuniga 170-180 mln metr kub tabiiy gaz yetkazib berilmoqda. Shu bilan birga, jamiyat tasarrufidagi 423 ta gaz taqsimlash stansiyasi orqali uzatilayotgan har bir ming metr kub tabiiy gaz uchun belgilangan miqdorlarda odorant kimyoviy moddasi qo‘shilishi hamda GTSlar orqali yetkazib berilayotgan tabiiy gaz bosimi ko‘rsatkichlari belgilangan parametrlarda bo‘lishi qat’iy nazoratga olingan.

Bundan tashqari, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida, jamiyat buyrug‘iga asosan tunu kun navbatchilik tashkil etilgan. Unga ko‘ra, 244 ta maxsus texnika, 550 taga yaqin payvandlash apparatlari hamda boshqa zaruriy ehtiyot qismlar shayligi ta’minlangan. Gaz transporti tizimi inshootlarini uzluksiz va ishonchli ishlashini ta’minlash bo‘yicha “O‘ztransgaz” AJ tomonidan zaruriy choralar ko‘rib boriladi.

Manba: O'zA

Поделиться