O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent viloyatida uzumchilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha Italiya tajribasi tadbiq etiladi

2022-01-10 | Iqtisodiyot

O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi ko‘magida Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari Jamshid Bobojonov va Parkent tumani hokimi Shohrux Shoahmedovning Italiyaga amaliy safari tashkil etildi.

Mazkur safardan ko‘zlangan maqsad davlatimiz rahbarining «Uzumchilik maktabi»ni tashkil etish va har yili «Uzum sayli» festivalini o‘tkazish  bo‘yicha tashabbuslarini amalga oshirish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

Toshkent viloyati hokimligi mutasaddilari Italiyaning uzumchilik tarmog‘i va uzumchilik festivallarini tashkil etish bo‘yicha ilg‘or tajribasi bilan yaqindan tanishdi.

Mamlakatimiz vakillari Italiyaning Latsio, Neapol va Toskana hududlarida bo‘lib, Italiya qishloq xo‘jaligi taʼminoti uyushmasi, “Kyanti” konsorsiumi va «Il Santuccio» uyushmasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.  Shuningdek, ular joylarda uzum yetishtiruvchi italiyalik fermerlar faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar doirasida Toshkent viloyatining qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va turizm salohiyati bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.

Tomonlar joriy yil sentyabr oyida Parkent tumanida «Uzum sayli» xalqaro festivalini, jumladan, Italiya tajribasini jalb etgan holda tashkil etish imkoniyatlari bo‘yicha o‘zaro fikr almashdi.

Italiya qishloq xo‘jaligi taʼminoti uyushmasining prezidenti Janfranko Grechi Parkent tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro festival konsepsiyasining ishlab chiqilishi va uning amalga oshirilishida ishtirok etishga katta qiziqish bildirdi.  Janfranko Grechi uyushma Toshkent viloyatida «Uzumchilik maktabi»ni tashkil etish, uni malakali ekspertlar bilan taʼminlash bo‘yicha yaqin hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.

- Joriy yil 26-28-iyun kunlari Neapol shahrida Italiya hukumati, Yevropa Ittifoqi va boshqa xalqaro tashkilotlar shafeligida «Vino va oziq-ovqat» (Wine & Food) xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan, - dedi uyushma prezidenti. - Ushbu ko‘rgazmada O‘zbekiston ishtirokini taʼminlash orqali Parkent tumanidagi xalqaro tadbirni targ‘ib qilish mumkin. Shu bilan birga, Parkent tumanida tashkil etiladigan birinchi «Uzum sayli» festivali bo‘yicha uyushmamiz mutaxassislarining  takliflarini ham taqdim etamiz.

Toshkent viloyati delegatsiyasi aʼzolarining “Kyanti” konsorsiumi vitse-prezidenti Ritano Baralya, konsorsium direktori Marko Alessandro bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralari chog‘ida o‘zaro hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi.

“Kyanti” konsorsiumi rahbariyati ham O‘zbekistonda tashkil etiladigan «Uzum sayli» xalqaro festivalida  ishtirok etishga qiziqish bildirar ekan, konsorsium aʼzolari o‘rtasida tegishli targ‘ibot ishlarini olib borajagini maʼlum qildi.

Tomonlar «Uzum sayli» festivalini tashkil etish jarayonida o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib oldi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться