O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xorijdagi vatandoshlar Taraqqiyot strategiyasi loyihasiga qanday takliflar berishdi?

2022-01-10 | Siyosat

Bugun Yangi O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasi xorijdagi vatandoshlar bilan muhokama qilindi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi direktori Akmal Saidov Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasinining muhim jihatlariga to‘xtalib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida aholi farovonligini yanada yuksaltirish borasidagi islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish maqsadida Yangi O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasi ishlab chiqildi. Loyihani ayni kunlardaregulation.gov.uzjamoatchilik.uz va2022-2026.strategy.uzelektron platformalari orqali keng jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilish davom etmoqda. Fuqarolarga o‘z takliflarini bildirish imkoniyatlari ham yaratildi.  

Muloqotda xorijdagi vatandoshlar Taraqqiyot strategiyasi loyihasiga o‘z takliflarini bildirdi. Jumladan, davlat va jamiyat qurilishini yanada isloh qilish, iqtisodiyot, sud-huquq tizimini, ijtimoiy sohani liberallashtirish, pragmatik tashqi siyosat yuritish takliflari ilgari surildi.

Masalan, mamlakat iqtisodiyotiga xususiy kapitalni investitsiyalashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, shu jumladan, davlat tomonidan tartibga solinadigan (litsenziya, talablar) xususiy investitsiya fondlarini yaratish orqali xufyona iqtisodiyotdan shaffoflikka o‘tishni rag‘batlantirish, ya’ni kichik va o‘rta tadbirkorlikni ularni boshqaruv sifati hamda daromad keltirishiga qarab skoring baholash taklif etildi. 
Bundan tashqari, xorij investorlari ekologik va ijtimoiy masalalarga e’tiborli ekanini inobatga olib, xayriya faoliyatlari uchun soliq imtiyozlarini, biznesda korporativ ijtimoiy mas’uliyat tamoyillarini joriy etish O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘sini, imidjini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. 
Shuningdek, muloqotda xorijdagi vatandoshlarni O‘zbekiston hududida tadbirkorlik, investitsiyaviy, ilmiy, ma’rifiy va madaniy faoliyat bilan shug‘ullanishga faol jalb qilish, vatandoshlar va ular tomonidan tuzilgan jamoat birlashmalarni qo‘llab-quvvatlash jihatlari muhokama qilindi. Xorijda yashovchi vatandoshlarning muammolarini o‘rganish, tizimli asosda tahlil qilib borish va ularning yechimi yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish muhimligi qayd etildi.

Jumladan, konsullik xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtirish, chet ellarda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga yordam berish, xorijda o‘zbek tilini, madaniyati va an’analarini saqlab qolish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekistonning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish va ommalashtirish borasida fikr almashildi. 

Manba: O'zA

Поделиться