O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Мis sanoatini rivojlantirishda chili tajribasidan foydalaniladi

2022-01-11 | Iqtisodiyot

Ma'lumki, Prezidentimizning 2021-yil 24-iyundagi ”Kon-metallurgiya sanoati va unga bog'liq sohalarni rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori va 2021-yil 22-dekabr kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrifi davomida bir qator vazifalar belgilangan edi.

Jumladan, tog'-kon va mis sanoati klasterini 2030-yilgacha rivojlantirish Kontsepsiyasini ishlab chiqish, shuningdek, mis xomashyosi asosida ishlab chiqariladigan mahsulotlar zanjirini yaratish modellari hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan Chili davlatidan ekspertlarni jalb qilish bo'yicha mas'ul tashkilotlarga vazifalar yuklatilgan.

Ushbu topshiriqlarni ijrosi Chili Universiteti muhandis kimyogari va materialshunoslik fanlari bo'yicha nomzod Xuan Karlos Salas hamda Chili davlati taraqqiyot siyosati va xalqaro munosabatlar bo'yicha mutaxassis Melvin Romero Sanmartindan iborat ekspertlar guruhi mamlakatimizga keldi.

Tashrif doirasida mehmonlar 2022-yilning 8-9-yanvar kunlari Olmaliq-kon metallurgiya kombinatida ham bo'lib, muzokaralar o'tkazildi. Bu haqida OKMK axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv davomida mis sanoati klasteri bo'yicha istiqbolli rejalar muhokama qilindi. Shuningdek, tog'-kon va mis sanoati klasterini 2030-yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasini ishlab chiqish, mis xomashyosi asosida ishlab chiqariladigan mahsulotlar zanjirini yaratish modellari va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan o'zaro fikr-mulohazalar almashildi.

Aytish lozimki, Chili dunyoda mis ishlab chiqarish bo'yicha etakchi davlat hisoblanadi. Kelgusida yurtimizda mis sanoatini rivojlantirishda Chili tajribasidan samarali foydalanishni yo'lga qo'yish belgilangan.

Ekspertlar guruhi "Qalmoqqir" va "Yoshlik-1" konidagi texnologik ishlab chiqarish jarayoni bilan ham yaqindan tanishdi. Xorijlik mehmonlar yillik quvvati 60 million tonna rudani qayta ishlash imkoniga ega bo'lgan 3-Mis boyitish fabrikasi qurilishi jarayonini ham ko'zdan kechirib, ushbu loyiha bo'yicha to'liq ma'lumotga ega bo'ldi.

Shundan so'ng Angren erkin iqtisodiy zonasida joylashgan Angren quvur zavodi faoliyati hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ham mehmonlarga ko'rsatildi.

Manba: Tоshkеnt vilоyati hоkimligi

Поделиться