O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

KPI tizimini tatbiq etishning istiqbollari

2022-01-07 | Ekologiya

Bugun 7-yanvar kuni bo‘yicha Davlat ekologiya qo‘mitasi faoliyati hamda xodimlarning samaradorligini baholashda KPI tizimini tatbiq etish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan kelgan mutaxassislar samaradorlikning muhim ko‘rsatgichlari KPI (Key Performance Indicators) tizimini tashkilotlarda, xususan, Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimida tatbiq etishning afzalliklari haqida so‘z yuritdilar.

Ta’kidlanganidek, KPI tizimi - samaradorlikning muhim ko‘rsatkichi maqsadlarga erishishga yordam beruvchi ko‘rsatkichlarni shakllantirishga qaratilgan tashkilotlarning baholash metodikasi.

KPI tizimida korxona menejmenti va xodimlari faoliyati sonlar orqali o‘lchanadi. Indikatorlar bo‘yicha hisobot tayyorlangach, rejalashtirilgan maqsadga qanchalik darajada erishilgani, rejalar qay darajada aniq va to‘g‘ri qo‘yilganini baholash mumkin. KPI natijasi strategik va taktik maqsadlarga tuzatishlar kiritishga ko‘mak beradi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Поделиться