O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqand viloyatida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida IT-tanlov o‘tkazildi

2022-01-11 | Jamiyat

Samarqand viloyatida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida umumta’lim maktablari o‘quvchilari  o‘rtasida bo‘lib o‘tgan IT-tanlovning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda “Bir million dasturchi” loyihasining bitiruvchi sertifikatiga ega bo‘lgan 7-11-sinf o‘quvchilari 4 ta – Full-stack, Android, Front-end va ma‘lumotlar tahlilchisi yo‘nalishlarida ishtirok etdi.

Mazkur tanlov yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, umuta’lim maktablaridagi iqtidorli yoshlarni saralab olish, kelgusida yetuk dasturchi bo‘lib yetishishlari uchun ularni rag‘batlantirish hamda yanada ruhlantirish maqsadida tashkil etildi. Tanlovda jami viloyat bo`yicha 3 mingdan ziyod yosh bevosita ishtirok etdi.

Joriy yilning 6-7-yanvar kunlari mazkur tanlovning shahar va tumanlar bosqichlari o‘tkazilib, unda har bir yo‘nalishda g‘olib bo‘lgan 3 nafardan iqtidorli maktab o‘quvchisi aniqlandi va viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Viloyat bosqichida 180 nafar o‘quvchi ishtirok etib, har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. Viloyat bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar zamonaviy noutbuk, 2-o‘rinni g‘oliblari planshet va 3-o‘rinni egalari mobil telefonlar bilan taqdirlandi. Shu bilan birga, tadbir davomida shahar va tuman bosqichilari g‘oliblari ham taqdirlandi. Ushbu bosqichda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan ishtirokchilarga noutbuk, 2-o‘rinni egallaganlarga planshet va 3-o‘rinni qo`lga kiritganlarga elektron kitoblar bilan taqdim qilidni.

Taqdirlash marosimida Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi, Samarqand viloyati hokimligi, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi, Vazirlik tizimidagi korxona va tashikolatlarining rahbar va xodimlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться