O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamiyat

ITSV, OTP bank va “Ipoteka-bank” ATIB rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi

12.12.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 12-dekabr kuni “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida Vengriya OTP banki tomonidan O‘zbekiston “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki sotib olinishi bo‘yicha shartnoma imzolanishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Qirg‘iz Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuv to‘g‘risida

12.12.2022SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Ashxobod shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Qirg‘iz Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aybek Moldogaziyev bilan uchrashdi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Qirg‘iziston hamkorligini yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va tomonlarni qiziqtirgan boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Davlat madhiyasi bu Vatanning ovozi

10.12.2022MadaniyatManba: O'zA

Har tong yurtimizni mamlakatimiz madhiyasi uyg‘otadi. Mana o‘ttiz yildan buyon bu musiqa yer yuzida xalqimiz g‘ururi, iftixori, shonu-shavkati tantanasini namoyon etib kelmoqda. Buxoro viloyatida ham O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi keng nishonlandi.

Prezident Farmoni bilan 402 nafar shaxs afv etildi

09.12.2022JamiyatManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan davlatimiz tomonidan olib borilayotgan insonparvarlik siyosatning amaliy tasdig‘i sifatida “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi.

Mamlakat chempionatining ochilish marosimida jahonda tengsiz boʻlgan yosh bokschilarimiz taqdirlanishdi

09.12.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida boks boʻyicha kattalar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati start oldi. Kunduzgi bellashuvlardan soʻng musobaqaning rasmiy ochilish marosimi oʻtkazildi. Tadbirda Adham Ikramov boshchiligidagi Sportni rivojlantirish vazirligi mutasaddilari, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qoʻmita raisi oʻrinbosari, mamlakat boks federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Saken Polatov, MOQ raisi oʻrinbosarlari Ravshan Irmatov va Azizjon Kamilov ishtirok etishdi.

Akademik Abdumavlon Abdullayev vafoti munosabati bilan hamdardlik

09.12.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Akademik Abdullayev Abdumavlon Abdullayevich O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi. O‘zbekistonda genetika sohasining yetakchi namoyandasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Abdullayev Abdumavlon Abdullayevich 2022-yilning 8-dekabr kuni 92 yoshida vafot etdi.

O‘zbekistonning gender tengligiga erishish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan “Ayollar, tinchlik va xavfsizlik” submintaqaviy tadbirda taqdim etildi

07.12.2022JamiyatManba: “Dunyo” axborot agentligi

Oliy Majlis Senati aʼzosi Gulnora Maʼrufova Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan “Ayollar, tinchlik va xavfsizlik” submintaqaviy platformasi ishida ishtirok etdi.

​​​​​​​O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

07.12.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Eng munosiblar “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi

07.12.2022TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

2022-yilning 8-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Bosh Qomusimiz — Konstitutsiyamizning 30 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonini ta’sis etilgan edi. 

Vazirlik va uning tizim tashkilotlari xodimlari “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi

07.12.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni tasis etilgan edi.

Yevropa brendi Namanganda ishlab chiqariladi

07.12.2022IqtisodiyotManba: O‘zto‘qimachiliksanoat
Namangan viloyatida  Germaniyaning “HUGO BOSS”, "CARL GROSS" kabi yirir  brendlari bilan  hamkorlik qiluvchi  "FAZMAN TEXTILE" MChJ tomonidan  yangi korxonasi ishga tushirildi.

Prezident maslahatchisi ishchi guruhi oʻz faoliyatini Andijon va Fargʻonada davom ettirmoqda

07.12.2022JamiyatManba: «Yangi O"zbekiston»

Prezident maslahatchisi Gʻofurjon Mirzayev boshchiligidagi 24 ta vazirlik va idora rahbarlaridan iborat Respublika Ishchi guruhi aʼzolari viloyatlarda masalalarni oʻrganish va oʻz joyida hal etish boʻyicha ishlarni boshlagandi.

Bosh Qomus – huquqiy asos

07.12.2022JamiyatManba: O'zA

Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida Bosh Qomusimizning 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Qashqadaryo viloyati to‘qimachilik sanoati yana bir ishlab chiqarish obyekti bilan to‘ldi

07.12.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasini foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Notarial harakatlarda aholiga qulaylik oshirilmoqda

06.12.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev notarial jarayonlarda aholiga qulayliklarni oshirishga oid taqdimot bilan tanishdi.

Xalq Ta’limi Vazirligi va uning tasarrufidagi Respublika tashkilotlari xodimlari “O‘zbekiston konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlandi

06.12.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi Farmoni asosida mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, mudofaa qudratini oshirish, davlat sarhadlari daxlsizligini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni, millatlararo do‘stlik va totuvlikni asrash kabi vazifalarni amalga oshirib kelayotgan barcha soha vakillari “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlanishi belgilangan.

Ilmiy-texnikaviy va innovatsion sohalardagi hamkorlik bo'yicha davlatlararo kengashining 31-yig'ilishi bo'lib o'tdi

06.12.2022InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Ilmiy-texnikaviy va innovatsion sohalardagi hamkorlik bo'yicha davlatlararo kengashining 31-majlisi gibrid (onlayn va offlayn) formatda o'tkazildi.

Esdalik nishonlari topshirildi

06.12.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Davlat ekologiya qo‘mitasida 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

Korrupsiya – jamiyat kushandasi

06.12.2022JamiyatManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Fаvqulоddа vаziyatlаr vаzirligi

Kuni kecha “Korrupsiyaga qarshi kurash” oyligi doirasida Toshkent viloyati Bekobod shahar FV bo‘limi va “O‘zmetkombinat” AJ OYoXTTEB xodimlari bilan boshqarma mas'ul xodimlari va mutasaddi tashkilotlar ishtirokida korrupsiya va jinoyatchilikni oldini olish, yo‘l-harakati qoidalariga rioya qilish, axloqiy-ruhiy, ichki tartib, odob-axloq qoidalari hamda kun tartibiga rioya qilishlari yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi.

“Aksilkorrupsiya haftaligi” doirasida o‘tkazilayotgan “ochiq eshiklar kuni”ga Kadastr agentligi ham mezbonlik qildi

06.12.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan “Aksilkorrupsiya haftaligi” doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentiligi hamkorligida tashkil etilayotgan “Ochiq eshiklar kuni”ga Kadastr agentligi ham mezbonlik qildi.