O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonning gender tengligiga erishish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan “Ayollar, tinchlik va xavfsizlik” submintaqaviy tadbirda taqdim etildi

2022-12-07 | Jamiyat

Oliy Majlis Senati aʼzosi Gulnora Maʼrufova Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan “Ayollar, tinchlik va xavfsizlik” submintaqaviy platformasi ishida ishtirok etdi.

O‘zbekiston Oliy  Majlisi Senatining Axborot xizmati maʼlumotga ko‘ra,  submintaqaviy platformaning maqsadi BMT Xavfsizlik Kengashining 1325-sonli rezolyutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha xalqaro majburiyatlar va milliy harakat rejalarining (MHP) ijro etilishi bo‘yicha axborot almashish, inson xavfsizligiga o‘sib borayotgan xavflarni, shu jumladan, gumanitar inqirozlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha umumiy yondashuvlarni aniqlashdan iborat.

Platforma asosiy manfaatdor tomonlarga mintaqadagi “Ayollar, tinchlik va xavfsizlik” kun tartibini amalga oshirishni tezlashtirish va ayollar ishtirokini rag‘batlantirish uchun qo‘shma harakatlar va yechimlarni ishlab chiqish uchun mintaqaviy ustuvorliklar, muammolar va transchegaraviy istiqbollar haqida fikr yuritish imkoniyatini berdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi aʼzolari yurtimizda xotin-qizlarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni va mavqeini yuksaltirish, gender tenglikni taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida maʼlumotlar berishdi.

Xususan, xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy faolligini oshirish, ularning jamoat va siyosiy tashkilotlar faoliyatidagi faolligini kengaytirish uchun barcha zarur shart-sharoit yaratilgani, 2030-yilgacha gender tengligiga erishish strategiyasi tasdiqlangani, barcha qabul qilinayotgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni majburiy gender-huquqiy ekspertizasi joriy etilgani alohida taʼkidlab o‘tildi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться