Davlat ekologiya qo‘mitasida 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda ta'kidlanganidek, Bosh qomusimiz xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yorqin ifodasi sifatida demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, mamlakatning xalqaro maydondagi obro-etiborini yuksaltirish hamda barcha sohalarda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “O‘zbekiston Konstitusiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni tasis to‘g‘risida”gi Farmoni ham turli sohalarda faoliyat olib borayotgan yurtdoshlarimizning samarali mehnatini munosib e'tirof etish, ularni yangidan-yangi marralar sari rag‘batlantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 30 yilligi munosabati bilan Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparati hamda tizim tashkilotlarining bir guruh rahbar-xodimlari ham “O‘zbekiston Konstitusiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi. Tadbir davomida ushbu esdalik nishonlari tantanali ravishda o‘z egalariga topshirildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi