O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bosh Qomus – huquqiy asos
2022-12-07 | Jamiyat
Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida Bosh Qomusimizning 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Mahmudaliyev mehnatsevar, azmu shijoatli sirdaryoliklarni ushbu qutlug‘ sana bilan tabrikladi.
— Konstitutsiya ijtimoiy hayotning barcha sohasida bosqichma-bosqich va tizimli ravishda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mustahkam yuridik manbai hamda huquqiy kafolatidir, – deydi Akmaljon Mahmudaliyev. — Zero, Asosiy Qonunimiz ishlab chiqilishi, qabul qilinishi va rivojlantirilishi bosqichlari mustaqillik tarixi bilan bevosita bog‘liq. Har qanday jamiyatda Konstitutsiya ijtimoiy taraqqiyot sur’atlariga ta’sir ko‘rsatadigan muhim manba, taraqqiyotni belgilaydigan huquqiy hujjat hisoblanadi.
Tadbirda turli sohalarda mehnat qilayotgan bir guruh faol yurtdoshlarimizga “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni topshirildi.
Teatr qoshida tashkil etilgan simfonik orkestr tomonidan Vatanga muhabbat va sadoqat, tinchlik, do‘stlik, hamjihatlik kabi ezgu g‘oyalarni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
Bayram tadbirlari viloyatning barcha shahar va tumanlarida davom etmoqda.
Sh.Suyarov, Sh.Ortiqboyev (surat)
Manba: O'zA