O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qirg‘iz Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuv to‘g‘risida
2022-12-12 | Siyosat
Ashxobod shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Qirg‘iz Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aybek Moldogaziyev bilan uchrashdi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Qirg‘iziston hamkorligini yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va tomonlarni qiziqtirgan boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik ruhida jadal rivojlanayotgani alohida ta’kidlandi.
Ikki davlat rahbarlarining qat’iy siyosiy irodasi, ular o‘rtasida o‘rnatilgan ochiq va ishonchli muloqot sababli bugun O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlari misli ko‘rilmagan yuksak darajaga ko‘tarilgani alohida ta’kidlandi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi hamkorlikni umumiy tarixiy meros, madaniyat, til, ma’naviy an’ana va qadriyatlar asosida yanada kengaytirish va chuqurlashtirish muhimligi tasdiqlandi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi