Namangan viloyatida Germaniyaning “HUGO BOSS”, "CARL GROSS" kabi yirir brendlari bilan hamkorlik qiluvchi "FAZMAN TEXTILE" MChJ tomonidan yangi korxonasi ishga tushirildi.
Korxona Germaniyaning “Carl Gross”, Rossiya Federatsiyasining “Demark” va “Royal Spread” kompaniyasi vakillari ham ishtirok etishdi.
Tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi 1-bosqichini foydalanishga topshirildi.
Loyiha qiymati 40 mln. dollarni tashkil etib, loyiha to‘liq ishga tushishi hisobiga 3 000 nafar yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Loyihaning 1-bosqichi uchun jami 20 mln. dollar mablag‘ sarflanib, 1 500 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Loyihani amalga oshirish uchun Germaniya va Turkiya davlatlaridan zamonaviy asbob-uskunalar olib kelib, o‘rnatilgan.
Korxonada yiliga 1 mln dona tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish quvvati yaratilib, yillik eksport hajmi 15 mln dollarni tashkil etadi.
Ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlar
“HUGO BOSS” brendi ostida “Kostyum-shim, shuningdek, erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlari” ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.
Avvallari yoki aniq qilib aytadigan bo‘lsak, bundan 4-5 yil oldin 1 ta tikuvchilik korxonasida birdaniga 500 yoki 1000 kishi ishlaydigan yirik korxona mavjud emas edi.
Mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay investitsiya muhiti natijasida bugungi kunda bir vaqtning o‘zida 1 ta korxonada 1000 dan ortiq kishi mehnat qiladigan korxonalar soni 20 dan ortib ketdi. Bu esa albatta viloyatimizning iqtisodiyotiga ijobiy ta'sirini ko‘rsatadi.
Manba: O‘zto‘qimachiliksanoat