O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Aksilkorrupsiya haftaligi” doirasida o‘tkazilayotgan “ochiq eshiklar kuni”ga Kadastr agentligi ham mezbonlik qildi
2022-12-06 | Jamiyat
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan “Aksilkorrupsiya haftaligi” doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentiligi hamkorligida tashkil etilayotgan “Ochiq eshiklar kuni”ga Kadastr agentligi ham mezbonlik qildi.
Tadbirda asosiy eʼtibor Agentlik faoliyati ochiqligini taʼminlash, korrupsion xatarlarning oldini olish va bartaraf etish, sohada korrupsiyaga karshi kurashishning zamonaviy tizimlarini joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlar va ularning samarasiga qaratildi.
Xususan, sohani raqamlashtirish, barcha yerlar, bino-inshootlarni to‘liq hisobga olishga qaratilgan ishlar natijasida Agentlik tizimida ochiqlik va shaffoflik taʼminlanayotgani, inson omilini kamaytirish orqali korrupsiyaning oldini olishga erishilayotgani xususida aniq misollar keltirildi.
Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼul xodimi B.Rahmonov mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish borasida olib borilayotgan islohotlar jarayoniga bag‘ishlangan maʼruza bilan ishtirok etdi.
Muloqot davomida Agentlikning Komplayens-nazorat xizmati faoliyati atroflicha tahlil qilinib, mazkur tuzilma faoliyatini yanada samarali tashkil etishda ikki tomonlama hamkorlikni izchil davom ettirishga oid fikr-mulohazalar bildirildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi