O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Eng munosiblar “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi

2022-12-07 | Turizm

2022-yilning 8-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Bosh Qomusimiz — Konstitutsiyamizning 30 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonini ta’sis etilgan edi. 

6-dekabr kuni Turizm va madaniy meros vazirligida o‘z sohasida yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan qator xodimlar  taqdirlandi. Esdalik nishonlarini Bosh vazir o'rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov o‘z egalariga topshirdi.

Vazir o'z navbatida e'tirof etilganlarni tabriklab, ularning kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Vazirlikdan Turizm va madaniy meros vaziri o‘rinbosari Nusratilla Zikrillayev, bo‘lim boshlig‘i Gulnora Karimova, boshqarma boshlig'i Abdug'ani Mirzarahimov, boshqarma boshlig'i Akmal Matsapayev, bosh mutaxassis Bekxo'ja Kulaximedov, bosh mutaxassis Mirabbos Mirg'iyosov, vazirlik qoshidagi "Milliy PR-markazi" direktori Dilfuza Samandarova, vazirlik qoshidagi “Turistlarga xizmat ko‘rsatish markazi” direktori Dilmurod Nurov va Madaniy meros agentligi mutaxassisi Dilafro‘z Umarbekova esdalik nishoniga munosib deb topildi. 

Turizm sohasi rivoji yo’lida mashaqqatli mehnat qilayotgan barcha munosib mutaxassislarni nishon bilan qutlaymiz!

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться