O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamiyat

Ma’naviyat–qudratli qurolimiz

18.07.2017Jamiyat

Samarqand viloyati shahar va qishloqlarida Vatanimiz mustaqilligining 26-yilligi oldidan “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi. 

Qonun loyihalari muhokama etildi

13.07.2017JamiyatManba: O'zA

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi ekspert kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari, tadbirkorlar ishtirok etgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasining «Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida»gi va «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunlari loyihasi ko‘rib chiqildi.

M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining Qozog‘istondan o‘tgan qismi ochildi

13.07.2017Jamiyat

2017 yil 11 iyul kuni O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasida joylashgan “Oq oltin-Selinniy” va “Malik-Sirdaryo” avtomobil o‘tkazish punktlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

“Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy-ommabop maqola” ko‘rik-tanlovi

10.07.2017JamiyatManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini, uning mamlakatimiz mustaqilligini qo‘lga kiritishga, milliy davlatchiligimizni qurishga qo‘shgan ulkan hissasi va Islom Karimov shaxsining tarixiy rolini abadiylashtirish, shuningdek, uning merosini ommalashtirish maqsadida “Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy-ommabop maqola” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari–Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.Mirzayev Xitoy Xalq Respublikasining Sifat nazorati, inspeksiya va karantin bo‘yicha bosh ma’muriyati vaziri Chji Shupin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o

10.07.2017Jamiyat

Joriy yilning 5 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari–Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.Mirzayev Xitoy Xalq Respublikasining Sifat nazorati, inspeksiya va karantin bo‘yicha bosh ma’muriyati vaziri Chji Shupin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Sudlar «adolat qo‘rg‘oni»ga aylanishi lozim

07.07.2017Jamiyat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida ishlab chiqilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq mamlakatimiz sud-huquq sohasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Asosiy maqsad – fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini oshirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishdan iborat.

Yangi avtomobil zavodi qurilishi boshlandi

06.07.2017Iqtisodiyot

“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi “Pejo Sitroyen” guruhi bilan hamkorlikda barpo etayotgan avtomobil zavodi poydevorining tamal toshini qo‘yishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Yangi tayinlov

06.07.2017Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 05.07.2017 yildagi Farmoniga asosan Bekzot Mardonovich Mavlonov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Yangi tayinlov

06.07.2017Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 05.07.2017 yildagi Farmoniga asosan Murotjon Berdialiyevich Azimov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Sayyor qabullarda muammolarga yechim topilmoqda

05.07.2017Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati mas’ul xodimlari, bir qator vazirlik, qo‘mita, bank muassasalari va boshqa idoralar rahbarlaridan iborat guruh Namangan viloyatida sayyor qabul o‘tkazdi.

Atrof-muhit monitoringi va baholash bo`yicha Ishchi guruhning 19-sessiyasida hamda ekologik statistik ko`rsatkichlar bo`yicha qo`shma Ishchi guruhining 13-sessiyasida ishtirok etish to`g`risida

04.07.2017Jamiyat

2017 yilning 27-30 iyun kunlari Jeneva shahrida (Shveytsariya) BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (EIK) tomonidan, YeIK hududidan atrof-muhit sohasining ekspertlari hamda statistika mutaxassislari, shuningdek Atrof-muhit bo`yicha Yevropa agentligi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, BMTning taraqqiyot dasturi, BMTning atrof-muhit bo`yicha tashkiloti, BMTning statistika bo`limi hamda Butunjahon sog`liqni saqlash tashkilotining atrof-muhit va salomatlik masalalari bo`yicha Yevropa markazi kabi xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida Atrof-muhit monitoringi va baholash bo`yicha Ishchi guruhning 19-sessiyasi hamda ekologik statistik ko`rsatkichlar bo`yicha qo`shma Ishchi guruhining 13-sessiyasi o`tkazildi.

Buxoroda O‘zbekiston yoshlari kuni nishonlandi

04.07.2017Jamiyat

Joriy yil 30-iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyi mamlakatimiz yoshlari hayotida unutilmas kun bo‘lib tarixga kirdi. Anjumanda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ma’ruza qildi va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati negizida O‘zbekiston yoshlar ittifoqini tashkil etish va 30-iyunni mamlakatimizda Yoshlar kuni, deb e’lon qilishni taklif etdi. 

Xalq deputatlari viloyat Kengashining sessiyasi bo’lib o’tdi

03.07.2017Jamiyat

Xalq deputatlari viloyat Kengashining yigirmanchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyani viloyat Kengashining raisi, viloyat hokimi Ulug’bek Uzakov olib bordi.

Qonun ijrosi muhokama qilindi

03.07.2017Jamiyat

Jizzaxda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati  mahalliy xokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko’maklashuvchi komissiyasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatlarining maqomi to’g’risida”gi Qonuni ijrosini o’rganish yakunlari muhokamasiga bag’ishlangan yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Sog'liqni saqlash vaziri: tibbiy ta’lim tizimi tubdan isloh qilinmoqda

03.07.2017Jamiyat

Tibbiyot sohasini zamonaviy fikrlaydigan, chuqur bilimli, mas’uliyatni his etadigan, har jihatdan yetuk kadrlar bilan ta’minlash masalasiga bugun davlat darajasida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimizsog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislari bilan o‘tkazgan uchrashuvlarida ham bu masalaga alohida to‘xtalib o‘tgan edi. Xususan, xalqaro tajribani o‘rgangan holda, tibbiy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash lozimligini ta’kidlagandi.

Asriy an’analar bardavom bo‘lsin

30.06.2017JamiyatManba: O'zA

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 15-iyun kuni poytaxtimizda o‘tkazilgan "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzuidagi anjumanda so‘zlagan nutqida yosh avlod tarbiyasiga alohida e’tibor qaratdi.

Xalqaro Qizil Xoch va Qizil yarim oy jamiyatlari federatsiyasi prezidenti O‘zbekistonga keldi

30.06.2017JamiyatManba: O'zA

Poytaxtimizda O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyatining xalqaro hamkorligi mavzuiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Milliy valyutamiz – davlatimiz ramzi, iftixorimiz

30.06.2017IqtisodiyotManba: O'zA

1-iyul – O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – so‘m muomalaga kiritilgan kun

Vengriyaning Tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

30.06.2017Jamiyat

Joriy yilning 27 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Vengriyaning Tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto bilan uchrashuv tashkil etildi.

Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyatlari Federatsiyasining Prezidenti bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

30.06.2017Jamiyat

2017 yilning 29 iyun kuni vazirlik binosida Favqulodda vaziyatlar vaziri Rustam Djurayev Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Jamiyatlari Federatsiyasining (XQXvaQYOJF) Prezidenti Tadateru Konoye boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o`tkazdi.