O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qonun ijrosi muhokama qilindi

2017-07-03 | Jamiyat

Jizzaxda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati  mahalliy xokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko’maklashuvchi komissiyasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatlarining maqomi to’g’risida”gi Qonuni ijrosini o’rganish yakunlari muhokamasiga bag’ishlangan yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda senatorlar, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, xalq deputatlari tuman, shahar kengashlari raislarining o’rinbosarlari, doimiy komissiyalarning raislari, mahalliy ijroiya xokimiyati, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari rahbarlari, mahalla fuqarolar yig’inlari raislari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Davlatimiz tomonidan mamlakatmizni yanada taraqqiy ettirish, xalqimiz  turmush faravonligini faravonligini oshirishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari  deputlarining ishtiroki ortib  borayotgani ta’kidlandi.

Muhokamalar davomida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy xokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko’maklashuvchi komiyasi raisi Tolibjon Madumarov va  so’zga chiqqanlar tomonidan  “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatlarining maqomi to’g’risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlashda  viloyatda muayyan ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Viloyatdagi aksariyat mahalliy Kengashlar deputatlari tomonidan hudud uchun muhim masalalarni hal etish maqsadida deputat so’rovi yuborish amaliyoti keng qo’llanilmoqda. Viloyat, shahar va tuman Kengashlari deputatlari tomonidan 2016 yilda 1 ming 267 ta deputat so’rovi yuborilgan. Bu so’rovlarning asosiy qismini kommunal sohadagi muammolar, avtomobil yo’llarini ta’mirlash va sifatli avtotransport xizmati ko’rsatish, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati, aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish masalalari tashkil etmoqda.

 SHu bilan birga, yig’ilishda  senatorlar viloyatda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatida o’z yechimini kutayotgan muammolar, to’liq foydalanilmayotgan imkoniyatlar mavjudligiga e’tiborni qaratildi.

 Jumladan, deputatlar hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etishda deputat so’rovi imkoniyatlaridan samarali foydalana olmayapti. Mansabdor shaxslar tomonidan deputat so’rovlarini ko’rib chiqishda sansalorlikka yo’l qo’yish,  yuzaki  javoblar  berishlar hollari uchramoqda.   So’rovlardagi dolzarb masalalarni mahalliy kengashlarning sessiyalari muhokamalariga olib chiqish bo’yicha amaliyot shakllanmagan.

– O’zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatlarining maqomi to’g’risida”gi Qonuni hududda ijrosini o’rganish yakunlari tahlili mahalliy Kengashlar deputatlari o’zlarining qonunda belgilan huquqlaridan hali yetarli foydalanmayotganliklarini ko’rsatdi, – deydi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy xokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko’maklashuvchii komissiya kotibi  Sayyora Baratova. – So’rovlar sonining ortayogani,  ko’tarilgan masalalarning dolzarbligi bilan ko’pchilik hollarda ularga tegishli mansabdor shaxslardan to’laqonli ijrosi ta’minlanganligi haqida javob  berilmayatir. Komisciyamiz  a’zolari  tomonidan ushbu qonun ijrosini o’rganish jarayonida  mahalliy  Kengashlarga deputat so’rovlari  ijrosini to’liq bajarishga erishishlari ta’minlash,   kamchiliklarni joylarning o’zida hal etish yuzasidan    amaliy yordamlar ko’rsatildi.

Yig’ilish ishtirokchilari tomonidan sohada yo’l qo’yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarini rahbatlantirish, ular tashabbuskorligi va faolligini qo’llab-quvvatlash maqsadida yil yakunida “Yilning eng yaxshi deputati” tanlovini o’tkazish amaliyotini joriy etish, deputatlarning hisobotlarini sessiyalarda muo’okama qilishda ular faoliyatiga xolisona baho berilishini, shuningdek, deputat so’rovi kabi nazorat faoliyatin samarali foydalanish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlari ko’rilishi lozimligi qayd etildi.

Senat komissiyasi yig’ilishida muhokama etilgan masala  bo’yicha tegishli qaror qabul qilindi.

Yig’ilishda viloyat hokimi U. Uzoqov ishtirok etdi.

Поделиться