O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qonun loyihalari muhokama etildi

2017-07-13 | Jamiyat

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi ekspert kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari, tadbirkorlar ishtirok etgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasining «Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida»gi va «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunlari loyihasi ko‘rib chiqildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shu yil 19-iyundagi «Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni mamlakatimizda xususiy mulkdorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini, davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari bilan o‘zaro munosabatlarda tadbirkorlarning huquqlari ustuvorligini ta’minlashda muhim dasturilamal bo‘lmoqda. 

Hujjatda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining «Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida»gi va «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunlari loyihasi ishlab chiqildi. 

O‘zbekiston Respublikasining «Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida»gi qonuni loyihasi davlat va biznes-jamiyat o‘rtasida samarali muloqot va hamkorlikning amaliy mexanizmlarini ta’minlash, xususiy mulk va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari muhofazasi kafolatlarini kuchaytirish, aholiga shaxsiy biznes tashkil etish va yuritishda har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish, chet el investitsiyalarini jalb qilish maqsadida tayyorlangan. 

Davlatimiz rahbari farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari ta’minlanishi samaradorligini oshirish va kafolatlarini kuchaytirish maqsadida yangi huquq va vakolatlarga ega bo‘ldi. 

– Endilikda palata me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari, noaniqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan qonunchilik hujjatlarini bekor qilishga oid takliflarni tegishli idoralarga taqdim etadi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Xalqaro tijorat arbitraj sudi raisi Foziljon Otaxonov. – Bundan tashqari, tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlari ishonchli himoya etilishini ta’minlash maqsadida palata vakillari jinoyat ishlarining ko‘rilishi jarayonida, sud tekshiruvlarida jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etish, davlat aktivlarini xususiylashtirish va alohida xizmatlarni xususiy sektorga topshirish bo‘yicha takliflarni taqdim etish singari huquqlarga ega bo‘ldi.

 

Behzod Bozorov, O‘zA

Manba: O'zA

Поделиться