O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyatlari Federatsiyasining Prezidenti bilan uchrashuv bo`lib o`tdi
2017-06-30 | Jamiyat
2017 yilning 29 iyun kuni vazirlik binosida Favqulodda vaziyatlar vaziri Rustam Djurayev Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Jamiyatlari Federatsiyasining (XQXvaQYOJF) Prezidenti Tadateru Konoye boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o`tkazdi.
Uchrashuv davomida mehmonlar Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, tomonlar aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
Ma’lumot uchun: XQXvaQYOJF 1919 yilda tashkil etilgan bo‘lib, tashkilotning shtab-kvartirasi Jeneva (Shveysariya) shahrida joylashgan.