O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Asriy an’analar bardavom bo‘lsin

2017-06-30 | Jamiyat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 15-iyun kuni poytaxtimizda o‘tkazilgan "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzuidagi anjumanda so‘zlagan nutqida yosh avlod tarbiyasiga alohida e’tibor qaratdi.

"Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deb ta’kidladi davlatimiz rahbari. 

Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi viloyat kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Prezidentimizning ushbu ma’ruzasida belgilab berilgan muhim vazifalar, jumladan, ijtimoiy-ma’naviy sohani yanada rivojlantirish, oilalarimiz, mahallalarimizda, butun jamiyatimizda sog‘lom muhitni mustahkamlash, yoshlar tarbiyasi, tinch-osuda hayotimizni, muqaddas dinimiz pokligini asrash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

– Yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari ahil-inoq, quda-anda bo‘lib, bir oiladek yashamoqda, – deydi tumandagi “Jome’” masjidi imom-xatibi A.To‘rabekov. – Bugungi kunda dunyoda ro‘y berayotgan turli nizo va mojarolarning asosiy ishtirokchilari, afsuski, yoshlardir. Shunday ekan, yoshlar tarbiyasi, ularning yurish-turishi, kimlar bilan do‘st tutinmoqda, muloqotda bo‘lmoqda, nimalarga qiziqadi, ko‘nglida qanday o‘y-fikrlari bor degan savol ota-onalarning, har bir yurtdoshimizning kundalik yumushi bo‘lmog‘i lozim. Shuning uchun davlatimiz rahbari "O‘z bolangni o‘zing asra!" deb, barchamizning ko‘nglimizdagi gapni aytdi. 

Davra suhbatida millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, bu borada tuman mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr almashildi.

 

A.Musayev, O‘zA

Manba: O'zA

Поделиться