O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ma’naviyat–qudratli qurolimiz

2017-07-18 | Jamiyat

Samarqand viloyati shahar va qishloqlarida Vatanimiz mustaqilligining 26-yilligi oldidan “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi. 

Prezidentimizning shu yil 27-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan uchrashuvlarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Badiiy akademiya a’zolari, olimlar va ma’naviyat targ‘ibotchilari qatnashdi. 

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi M.Ahmedov, A.Suyun, X.Bobomurodova, S.O‘nar, F.Toshev, N.Jonuzoq, Z.Mo‘minova, Oydinniso va boshqalar Pastdarg‘om, Payariq, Tayloq va Urgut tumanlarida bo‘lib, mustaqillik ulug‘ ne’mat ekani, istiqlol tufayli xalqimizning ongu tafakkuri yuksalib, hayotga, mehnatga munosabati tubdan o‘zgargani, aholi turmush farovonligi yil sayin oshib borayotgani haqida hayotiy misollar bilan so‘zlab berdi. 

Urgut tumanidagi 31-bolalar musiqa va san’at maktabida o‘tkazilgan shunday tadbirda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi S.Hakimov, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori M.Hazratqulov, taniqli adiblar A.Dilmurodov, A.Ko‘chimov va boshqalar mamlakatimizda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili munosabati bilan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar shahar va qishloqlarimizni obod qilish, xalqimiz farovonligini yanada oshirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi. Bu ulkan o‘zgarish va yangilanish jarayonlari tuman misolida tahlil etildi. Prezidentimizning 2017-yil 12-yanvardagi farmoni asosida tashkil etilgan Urgut erkin iqtisodiy zonasida bugungi kunda o‘nlab yangi loyihalar asosida ishlab chiqarish korxonalari tashkil etilmoqda. Tog‘ hududlarida intensiv texnologiyalar asosida yangi yong‘oqzor va tokzorlar yaratildi. Tuman qishloqlarida aholi uchun yangilangan loyihalar asosida yuzdan ortiq arzon uy-joylar qurilmoqda. 

– Tumanimiz markazidagi istirohat bog‘i bugun Urgutning eng ko‘rkam maskanlaridan biri sifatida doim odamlar bilan gavjum, – deydi mehnat faxriysi J.Mamadaminov. – Bog‘ hududidagi amfiteatr, musiqa maktabi, suzish havzasi va sport majmuasiga hamohang ravishda “Nuroniylar maskani” bunyod etilmoqda. Bularning barchasi mustaqillik sharofati, xalqimiz turmush darajasini oshirishga qaratilgan ishlar samarasidir. Bugun elimiz ardog‘idagi shoir va yozuvchilar, san’atkorlar, olimlar bilan uchrashuv ham barchamizda katta taassurot qoldirdi. 

Uchrashuvda urgutlik yoshlar o‘z ijod namunalaridan o‘qib, ustoz adiblarning maslahat va tavsiyalarini oldilar. 

Tadbirlar doirasida Samarqand shahrida “Samarqand adiblari” kitobi taqdimoti hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zolari, rangtasvir ustalari va yosh ijodkorlarning rasmlar ko‘rgazmasi, taniqli shoirlar ishtirokida mushoira o‘tkazildi.

 

G‘olib Hasanov, O‘zA

Поделиться