O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buxoroda O‘zbekiston yoshlari kuni nishonlandi

2017-07-04 | Jamiyat

Joriy yil 30-iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyi mamlakatimiz yoshlari hayotida unutilmas kun bo‘lib tarixga kirdi. Anjumanda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ma’ruza qildi va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati negizida O‘zbekiston yoshlar ittifoqini tashkil etish va 30-iyunni mamlakatimizda Yoshlar kuni, deb e’lon qilishni taklif etdi. 

Shu munosabat bilan «Buxoro madaniy markazi»da o‘tkazilgan tadbirda viloyatdagi oliy o‘quv yurtlari talabalari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, umumta’lim maktablari o‘quvchilari, jamoatchilik vakillari, harbiy xizmatchilar ishtirok etdi. 

Tadbirda Buxoro viloyati yoshlari mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda faol ishtirok etayotgani ta’kidlandi. 

Prezidentimiz qurultoyda so‘zlagan ma’ruzasida yoshlarning har tomonlama barkamol ulg‘ayishi, hayotda munosib o‘rin topishi yo‘lida barcha sharoit va imkoniyatlar yaratib berilayotganiga alohida e’tibor qaratdi. Zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan, mustaqil fikrlaydigan, el-yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashaydigan yoshlarimiz maydonga dadil chiqib, bugungi kunda hayot oldimizga qo‘yayotgan vazifalarni hal etishga qodir, deya yuksak ishonch bildirdi. 

– Mamlakatimizda yosh tadbirkorlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib, ular uchun barcha sharoit yaratilayotganini o‘z hayotimiz misolida ko‘rib turibmiz, – dedi “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni sohibi, Peshku tumanidagi “Shuhratmashservis agrosaxovati” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Sh.Rahmonov. – Korxonamizda asosan metall konstruksiyalar, shuningdek, sanoat usulida parranda boqish uchun mo‘ljallangan katak-qafaslar ishlab chiqariladi. Mahsulotimizga talab yuqori. Berilayotgan soliq va boshqa imtiyozlardan foydalanib, joriy yilning o‘tgan davrida ishlab chiqarishni kengaytirish hisobidan 10 yangi ish o‘rni yaratdik. Prezidentimiz qurultoyda so‘zlagan ma’ruzasida o‘zining samarali va fidokorona mehnati, Vatanga sadoqati bilan o‘rnak bo‘layotgan mard o‘g‘lonlarimizni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish bundan buyon ham davlatimizning doimiy e’tiborida bo‘lib qolishini ta’kidlaganlarida yurtimizning barcha yoshlari qatori buxorolik yoshlar ham shunday ozod va obod Vatan fuqarosi ekanidan qalbi faxrga to‘ldi. Bu barchamizni el-yurtimiz farovonligi yo‘lida yanada sidqidildan mehnat qilishga undamoqda. 

Vatan, mustaqillik, tinchlik, yoshlik va ezgulikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. 

Tadbirda Buxoro viloyati hokimi O‘.Barnoyev so‘zga chiqdi.

Erkin Yodgorov, Tohir Istatov (surat), O‘zA

Поделиться