O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalq deputatlari viloyat Kengashining sessiyasi bo’lib o’tdi
2017-07-03 | Jamiyat
Xalq deputatlari viloyat Kengashining yigirmanchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyani viloyat Kengashining raisi, viloyat hokimi Ulug’bek Uzakov olib bordi.
Deputatlar dastavval O’zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 7 fevraldagi «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» viloyat dasturining birinchi chorak yakunlari to’g’risida»gi masalani muhokama qilishdi. Mazkur masala yuzasidan viloyat hokimligining kotibiyat mudiri Azizbek Egamberdiyevning axboroti eshitildi.
—»Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» viloyat dasturi 120 ta banddan iborat bo’lib, uning ijrosini ta’minlashga jami 2 trillion 181,4 milliard so’m hamda 6,2 million AQSH dollari miqdorida mablag’lar yo’naltirilishi rejalashtirilgan, – deya ta’kidladi notiq o’z chiqishida. – Joriy yilning o’tgan davri mobaynida dastur talablari asosida ish ko’rilib, sezilarli natijalarga erishildi. Jumladan, aholining bandligi va real daromadlarini oshirishga, ijtimoiy himoya, sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirishga, xotin-qizlarning faolligini kuchaytirishga katta e’tibor qaratildi.
SHu bilan bir qatorda ayrim kamchilik va nuqsonlarga yo’l qo’yilganligi sessiyada tanqid qilindi. Iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojpantirish, arxitektura va qurilish, xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish, qishloq va suv xo’jaligi boshqarmalari, G’allaorol, Zarbdor, Zomin, YAngiobod tumanlari, Jizzax shahrida Bandlik dasturining birinchi chorakka mo’ljallangan rejasi ijrosi ta’minlanmadi.
Viloyat moliya boshqarmasining boshlig’i Bahodir O’rolov «Viloyat mahalliy byudjetining 2017 yil birinchi choragidagi ijrosi haqida»gi masala yuzasidan hisob berdi. Viloyat Bandlik bosh boshqarmasining boshlig’i Jalil Mirzabekov «2017 yilda ish o’rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining birinchi chorakdagi ijrosi to’g’risida»gi masala yuzasidan so’zga chiqdi. Viloyat davlat soliq boshqarmasining boshlig’i Abduvali Mustanov hisoboti O’zbekistan Respublikasi Prezidentining o’tgan yil 5 oktyabrda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatdan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmoni ijrosiga bag’ishlandi.
Xalq deputatlari viloyat Kengashining deputatlari Abdunabi Abdurahmonov, Gulbahor Abdulhakimova, xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining deputatlari Olimjon Suvonov, Dilbar Hakimova va boshqalar yuqorida zikr etilgan masalalar yuzasidan o’z fikr-mulohozalarini bildirishdi.
Sessiya kun tartibidan o’rin olgan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchipik palatasining 2017 yil 24 fevraldagi «Aholiga tibbiy xizmat ko’rsatishni va dori vositalari ta’minotini yanada yaxshilash, shuningdek, ushbu sohada qonunchilikni amaliyotga samarali tatbiq etishga ko’maklashish hamda parlament va deputatlar nazoratini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori ijrosi deputatlarning qizg’in muhokamasiga sabab bo’ldi. Xalq deputatlari viloyat Kengashining Reglament va deputatlik odobi doimiy komissiyasining raisi Xidir SHukurov «Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlarining 2016 yil davomida yuborgan deputatlik so’rovlarini tegishli tashkilotlar, korxonapar, muassasalar tomonidan ijro etilishi tahlili haqida»gi masala yuzasidan o’z qarashlarini bayon qildi.
Sessiyada muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan xalq deputatlari viloyat Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.