O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining Qozog‘istondan o‘tgan qismi ochildi

2017-07-13 | Jamiyat

2017 yil 11 iyul kuni O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasida joylashgan “Oq oltin-Selinniy” va “Malik-Sirdaryo” avtomobil o‘tkazish punktlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Ma’lumki, joriy yilning mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Qozog‘iston Respublikasi Hukumati o‘rtasida O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasidan o‘tkazish punktlari to‘g‘risidagi 2006 yil 4 sentyabrda imzolangan Bitimga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Bayonnoma imzolangan edi.

Qisqa fursat ichida ushbu Bayonnomani amaliyotga kiritilishi yuzasidan ichki davlat kelishuvlari amalga oshirildi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida” 2017 yil 2 mayda PQ-2945-son qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasida “Oq oltin” va “Malik” avtomobil o‘tkazish punktlarini ochish to‘g‘risida” 2017 yil 26 apreldagi PQ-2931-son qaroriga asosan mazkur o‘tkazish punktlari orqali faqat yengil avtotransport vositalari harakatlanadi va bu punktlar orqali yuk va tovarlarni tijorat maqsadida olib o‘tilishini amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘z navbatida bojxona organlari tomonidan “Oq oltin” va “Malik” chegara o‘tkazish punktlarining samarali va qonuniy faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida, barcha zarur choralar ko‘rildi.

Xususan, bojxona nazoratini ta’minlash hamda xodimlarning xizmat olib borishlari va dam olishlari uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilib, bojxona postlari bojxona nazoratining eng so‘nggi texnik vositalari bilan jihozlandi.

Avtomobil o‘tkazish punktlarida bojxona nazorati soddalashtirilgan tartibda, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi to‘ldirilmasdan, ro‘yxatga qo‘ymasdan va transport vositalarini bojxona ko‘rigidan o‘tkazmasdan, faqatgina harakatlanayotgan transport vositalarini majburiy ravishda vizual ko‘zdan kechirish orqali amalga oshiriladi.

Ushbu yo‘lning ochilishi o‘zaro birodar o‘zbek va qozoq xalqlarini yanada bir-biriga bog‘lovchi, mamlakatlarimiz o‘rtasida do‘stlik va hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiluvchi rishta bo‘lib xizmat qiladi.

Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari U. Rozuqulov, Sirdaryo viloyati hokimi G‘.Mirzayev, davlat bojxona qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari M.Saliyev va boshqalar ishtirok etdi.

Поделиться