O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro Qizil Xoch va Qizil yarim oy jamiyatlari federatsiyasi prezidenti O‘zbekistonga keldi

2017-06-30 | Jamiyat

Poytaxtimizda O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyatining xalqaro hamkorligi mavzuiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Qizil Xoch va Qizil yarim oy jamiyatlari xalqaro federatsiyasi prezidenti T.Konoye, O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati raisi H.Karimov va boshqalar O‘zbekistonda aholini kuchli ijtimoiy himoya qilish, salomatligini muhofazalash, tibbiy madaniyatini yanada yuksaltirish, turli favqulodda vaziyatlarda tezkor va malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilayotgani samarasida O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyatining xalqaro aloqalari ko‘lami kengayib borayotganini ta’kidladi. Bugun jamiyatning hududiy va temir yo‘l mintaqaviy tashkilotlari, 191 tuman bo‘linmalari hamda 2 yarim mingta boshlang‘ich tashkilotlarida 1 million 300 mingdan ortiq a’zo va 38 ming ko‘ngillilar bor. "Mehr-shafqat" xizmatidagi 200 ga yaqin patronaj hamshiralari har yili uch yarim ming yakka-yolg‘iz qariyalar va nogironlarga tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda. 

Xalqaro ekspertlar O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyatining tibbiy-ijtimoiy faoliyatni targ‘ib qilish, aholining sanitariyaga oid bilimlarini yuksaltirish, ularda birinchi yordam ko‘rsatish ko‘nikmasini mustahkamlash, yuqumli kasalliklar profilaktikasi borasida tushuntirish ishlari olib borish, kam ta’minlangan oilalarga ko‘maklashish, onalik va bolalikni muhofaza qilish yo‘nalishlaridagi faoliyatini ijobiy baholamoqda. Jamiyat "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturi ijrosi doirasida joriy yilda 2 mingdan ortiq keksa otaxon va onaxonlarni patronaj xizmati bilan qamrab olmoqda. Bu maqsadlar uchun 123 million so‘m sarflanadi. Bundan tashqari, ambulator sharoitda davolanayotgan 4 mingdan ortiq qariyalar va nogironlar 100 million so‘mlik dori-darmon vositalari bilan ta’minlanadi. 

O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati 1995-yilda Qizil Xoch va Qizil yarim oy jamiyatlari xalqaro federatsiyasi a’zoligiga qabul qilingan. 

Qizil Xoch va Qizil yarim oy jamiyatlari xalqaro federatsiyasi prezidenti Tadateru Konoye 29-iyun kuni O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati faoliyati bilan tanishish maqsadida mamlakatimizga keldi. Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash, Favqulodda vaziyatlar vazirliklarida uchrashuvlar o‘tkazdi. Martabali mehmon poytaxtimizdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyi eksponatlari bilan tanishdi. 

– Bugun 190 mamlakatdagi ezgulik va insonparvarlik harakatlarini birlashtirib turgan tashkilotimiz beg‘arazlik, betaraflik, mustaqillik, ko‘ngillilik, yagonalik, universallik singari tamoyillarga asosan faoliyat yuritadi, – deydi Qizil Xoch va Qizil yarim oy jamiyatlari xalqaro federatsiyasi prezidenti T.Konoye. – Joriy yil boshida jamiyatingiz monitoring natijalariga ko‘ra dunyodagi eng yaxshi 50 milliy jamiyatlar safidan o‘rin egallashi bizni O‘zbekistonga kelishga undadi. Milliy jamiyatingizning davlat tashkilotlari bilan mustahkam hamkorligi va salmoqli ishlarni amalga oshirayotgani bizni quvontiradi. O‘ylaymanki, ayni shu jihatni boshqa davlatlar jamiyatlari faoliyatini rivojlantirishda ham qo‘llash yaxshi samara beradi. O‘zbekistonda aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning ilg‘or shakl va uslublari amaliyotga joriy etilgani, barcha hududni qamrab olgan shoshilinch tibbiy yordam tizimi tashkil etilgani e’tiborimizni tortdi. Kelgusida hamkorlikda yirik istiqbolli loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilganmiz. 

Tadbirda Qizil Xoch va Qizil yarim oy jamiyatlari xalqaro federatsiyasi bilan hamkorlik holati, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan yirik loyihalar va istiqboldagi vazifalar xususida ma’lumot berildi. Jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.

 

Mohigul Qosimova, O‘zA

Manba: O'zA

Поделиться