O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Atrof-muhit monitoringi va baholash bo`yicha Ishchi guruhning 19-sessiyasida hamda ekologik statistik ko`rsatkichlar bo`yicha qo`shma Ishchi guruhining 13-sessiyasida ishtirok etish to`g`risida

2017-07-04 | Jamiyat

2017 yilning 27-30 iyun kunlari Jeneva shahrida (Shveytsariya) BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (EIK) tomonidan, YeIK hududidan atrof-muhit sohasining ekspertlari hamda statistika mutaxassislari, shuningdek Atrof-muhit bo`yicha Yevropa agentligi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, BMTning taraqqiyot dasturi, BMTning atrof-muhit bo`yicha tashkiloti, BMTning statistika bo`limi hamda Butunjahon sog`liqni saqlash tashkilotining atrof-muhit va salomatlik masalalari bo`yicha Yevropa markazi kabi xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida Atrof-muhit monitoringi va baholash bo`yicha Ishchi guruhning 19-sessiyasi hamda ekologik statistik ko`rsatkichlar bo`yicha qo`shma Ishchi guruhining 13-sessiyasi o`tkazildi.

Majlislar doirasida O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining vakili-Qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi boshlig`i D.Shermatov ishtirok etdi.

Majlislarda YeIKning ekologik statistik ma`lumotlar va ko`rsatkichlar to`plamining sifati masalalarini ko`rib chiqish bo`yicha kelgusidagi amaliy tadbirlar muhokama etildi, shuningdek atrof-muhit monitoringi va ekologik hisobotlar bo`yicha amaldagi va kelgusidagi faoliyatiga qo`shimcha tarzda YeIKning mavjud ekologik ko`rsatkichlar to`plamidan foydalanishni kengaytirish masalalari ko`rib chiqildi. Bundan tashqari, Barqaror Rivojlanish Maqsadlarini amalga oshirish maqsadida statistik imkoniyatlarni mustahkamlash bo`yicha davlatlarning ehtiyojlari va atrof-muhit statistikasini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlarga oid masalalar ko`rib chiqildi.

Поделиться