O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
«Ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi Milliy siyosati (2022-2030)” loyihasi taqdim etildi
2022-04-20 | Jamiyat
Joriy yilning 19-aprel kuni YUNESKOning O'zbekistondagi vakolatxonasi O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan «O'zbekiston Respublikasining Ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi Milliy siyosati (2022-2030 yy.)” loyihasining taqdimoti bo'lib o'tdi. Xalqaro tadbirga Innovatsion rivojlanish vaziri o'rinbosari Shahlo Turdiqulova moderatorlik qildi.
Taqdimotni O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abduraxmonov ochib berdi. Shuningdek, BMTning O'zbekistondagi doimiy koordinatori Roli Astana, Islom Taraqqiyot banki bosh direktori Amer Bukvic va YUNESKOning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari v.b. Alexandros Makarigakis tabrik so'zlari bilan chiqdilar.
«Ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi Milliy siyosat (2022-2030 yy.)” loyihasi “UNESCO Global Observatory of Science, Technology and Innovation Policy Instruments towards strengthening inclusive Science, Technology, Innovation Systems for the Sustainable Development Goals” loyihasi doirasida amalga oshirildi. Mazkur loyihaning maqsadi 2030 yilgacha mamlakatda ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasida muayyan maqsadlarga erishish, jumladan COVID-19 davrida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning inklyuziv va barqaror shart-sharoitlarini yaxshilash uchun ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidan foydalanish bo'yicha siyosiy asosni mustahkamlashdan iboratdir.
YuNESKO xalqaro eksperti Sirin Elchi ayni damda «O'zbekiston Respublikasining Ilm-fan, texnologiya va innovatsiya sohalaridagi Milliy siyosati (2022-2030 yy. )«ning taqdimotini o'tkazdi. Uning aytishicha, Loyiha 2020 yil YUNESKOning GO-SPIN metodologiyasiga muvofiq ITBning moliyaviy ko'magi asosida amalga oshirish uchun yo'lga qo'yildi. «Milliy siyosat»ni tayyorlash davomida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan barcha manfaatdor taraflar ishtirokida hujjat loyihasi muhokamasi uchun seminarlar tashkil etildi, shuningdek davlat organlari va tashkilotlari, ilmiy jamoatchilik vakillari, xususiy sektor, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar o'rtasida keng muhokama qilindi. Seminar ishtirokchilaridan taklif va mulohazalar qabul qilinib, yakuniy hujjat loyihasida inobatga olindi.
«Milliy siyosat»da COVID-19 pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni, shuningdek, dolzarb ekologik muammolarni hal etish uchun ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi siyosatga yangi nazar bilan yondashish ko'zda tutilgan. Bundan tashqari, to'rtinchi sanoat inqilobi sharoitida yangi texnologiyalarga asoslangan samarador ishlanmalar, jumladan sun'iy intellekt, buyumlar interneti va mashinaviy o'rganish ham imkoniyat, ham muammolarni yuzaga keltiradi, aynan shu masalalar ishlab chiqilayotgan strategiya va siyosatda o'z aksini topadi.
Ishtirokchilar «Milliy siyosat» sharhi kambag'allikni bartaraf etish va innovatsion ekotizimni yaratish orqali barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda yangi investitsiyalarni kiritilishiga zamin yaratishini ta'kidladilar.
«Ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi Milliy siyosati (2022-2030)” loyihasi taqdim etildi
Joriy yilning 19-aprel kuni YUNESKOning O'zbekistondagi vakolatxonasi O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan «O'zbekiston Respublikasining Ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi Milliy siyosati (2022-2030 yy.)” loyihasining taqdimoti bo'lib o'tdi. Xalqaro tadbirga Innovatsion rivojlanish vaziri o'rinbosari Shahlo Turdiqulova moderatorlik qildi.
Taqdimotni O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov ochib berdi. Shuningdek, BMTning O'zbekistondagi doimiy koordinatori Roli Astana, Islom Taraqqiyot banki bosh direktori Amer Bukvic va YUNESKOning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari v.b. Alexandros Makarigakis tabrik so'zlari bilan chiqdilar.
«Ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi Milliy siyosat (2022-2030 yy.)” loyihasi “UNESCO Global Observatory of Science, Technology and Innovation Policy Instruments towards strengthening inclusive Science, Technology, Innovation Systems for the Sustainable Development Goals” loyihasi doirasida amalga oshirildi. Mazkur loyihaning maqsadi 2030-yilgacha mamlakatda ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasida muayyan maqsadlarga erishish, jumladan COVID-19 davrida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning inklyuziv va barqaror shart-sharoitlarini yaxshilash uchun ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidan foydalanish bo'yicha siyosiy asosni mustahkamlashdan iboratdir.
YuNESKO xalqaro eksperti Sirin Elchi ayni damda «O'zbekiston Respublikasining Ilm-fan, texnologiya va innovatsiya sohalaridagi Milliy siyosati (2022-2030 yy. )«ning taqdimotini o'tkazdi. Uning aytishicha, Loyiha 2020-yil YUNESKOning GO-SPIN metodologiyasiga muvofiq ITBning moliyaviy ko'magi asosida amalga oshirish uchun yo'lga qo'yildi. «Milliy siyosat»ni tayyorlash davomida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan barcha manfaatdor taraflar ishtirokida hujjat loyihasi muhokamasi uchun seminarlar tashkil etildi, shuningdek davlat organlari va tashkilotlari, ilmiy jamoatchilik vakillari, xususiy sektor, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar o'rtasida keng muhokama qilindi. Seminar ishtirokchilaridan taklif va mulohazalar qabul qilinib, yakuniy hujjat loyihasida inobatga olindi.
«Milliy siyosat»da COVID-19 pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni, shuningdek, dolzarb ekologik muammolarni hal etish uchun ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi siyosatga yangi nazar bilan yondashish ko'zda tutilgan. Bundan tashqari, to'rtinchi sanoat inqilobi sharoitida yangi texnologiyalarga asoslangan samarador ishlanmalar, jumladan sun'iy intellekt, buyumlar interneti va mashinaviy o'rganish ham imkoniyat, ham muammolarni yuzaga keltiradi, aynan shu masalalar ishlab chiqilayotgan strategiya va siyosatda o'z aksini topadi.
Ishtirokchilar «Milliy siyosat» sharhi kambag'allikni bartaraf etish va innovatsion ekotizimni yaratish orqali barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda yangi investitsiyalarni kiritilishiga zamin yaratishini ta'kidladilar.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi