O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
ShHTga a'zo davlatlarning Giyohvand moddalarga qarshi kurashish bo’yicha idoralari vakillarining yig'ilishi to'g'risida
2022-04-18 | ShHT
2022-yil 18-19-aprel kunlari Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a'zo davlatlarning giyohvand moddalarga qarshi kurashish bo’yicha mas’ul idoralari yuqori mansabdor shaxslarining yig'ilishi gibrid shaklida bo'lib o'tmoqda.
Uchrashuv ishtirokchilari 2022-yil 20-aprelda bo'lib o'tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlarning giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishig qarshi kurashish bo’yicha vakolatli organlari rahbarlarining o'n ikkinchi majlisiga tayyorgarlik ko'rish bilan bog'liq masalalarni muhokama qilmoqdalar.
Xususan, bo'lajak tadbir kun tartibi va uning davomida qabul qilinishi rejalashtirilayotgan hujjatlar loyihalari ko'rib chiqilmoqda.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi