O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari tomonidan Andijon tumanida oʻtkazilgan sayyor qabulda fuqarolarning murojaatlariga yechim topildi
2022-04-20 | Jamiyat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan respublika hududlarida sud-huquq masalalari boʻyicha ommaviy sayyor qabullar oʻtkazish toʻgʻrisida berilgan topshiriqqa asosan joriy yilning 19-aprel kuni Andijon tumani hokimligi hovlisida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari polkovnik Ya.A.Abdulhaqov tomonidan fuqarolarning murojaatlari yuzasidan sayyor qabul oʻtkazildi.
Qabul jarayonida virtual va xalq qabulxonalariga murojaat qilgan hamda sayyor qabullar haqida ommaviy axborot vositalaridan va ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar topgan jami 19 nafar fuqarolar bilan bevosita ochiq muloqot tashkil qilindi.
Sayyor qabulda fuqarolardan surishtiruv va tergov, ID karta olish, jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish hamda boshqa turli masalalarga oid murojaatlar kelib tushdi. Muammolarning 10 tasi joyida ijobiy hal etildi.
Qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan 9 ta murojaatlarning koʻrib chiqilishi nazoratga olinib, ularni hal etish boʻyicha tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi