O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xotin-qizlar bilan manzilli ishlash – huquqbuzarliklar profilaktikasining muhim omili

2022-04-22 | Jamiyat

IIV Akademiyasida o‘tkazilgan davra suhbati xotin-qizlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish muammolariga bag‘ishlandi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va kriminologiya kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari, mahalla fuqarolar yig‘ini va o‘rta taʼlim muassasasi vakillari, Akademiya professor-o‘qituvchilari, magistratura tinglovchilari hamda kunduzgi taʼlim kursantlari ishtirok etdi.

Maʼlumki, ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga mutlaqo yangicha mexanizmlar joriy qilindi. Bunda har bir mahalla, oila va shaxs kesimida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikni jilovlash, aholini qiynayotgan muammolarni bevosita joylarning o‘zida hal etish, notinch oilalar, doimiy ish bilan band bo‘lmagan hamda profilaktik nazoratda turuvchi xotin-qizlar bilan manzilli ishlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Davra suhbatida xotin-qizlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish mexanizmlari, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar, shuningdek amaliyotda mavjud ayrim muammolar haqida dolzarb fikr-mulohazalar bildirildi.

Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

Поделиться