O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning viloyat aholisiga murojaati

2022-04-19 | Iqtisodiyot

Aziz buxoroliklar!

Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev tomonlaridan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlashga hamda ularning narxlarini barqaror bo‘lishiga zamin yaratmoqda.
 
Viloyatimizda 2022 yil mavsumi uchun bu borada bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirishni belgilab olganmiz.
 
Jumladan, viloyatda joriy yilda quyidagilar hisobidan xalqimiz dasturxoniga asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, sabzavotlar yetkazib beriladi va ularning narx-navolari barqarorligi ta'minlanadi:
 
Xususan, paxta va g‘alla ekin yerlaridan qisqartirilgan qariyb 6 ming gektar yer maydoni  fuqarolarga 10 sotixdan 1 gektargacha sabzavot ekinlari yetishtirish uchun ajratib berildi va bu yerlarda dehqonchilik ishlari boshlandi.
 
Bundan tashqari, viloyatimizda 401 mingta aholi xonadonlari ixtiyoridagi 43 ming gektar tomorqa yerlarida sabzavot, poliz va chorva mollari uchun ozuqa ekinlarini ekish ishlari yakunlanmoqda.
 
Aholi tomorqa maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida  “Bir kontur — bir mahsulot” tamoyili asosida bir yilda kamida ikki marta hosil olish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 
 
Shu bilan birga, oborotga kiritilgan va yangi ochilgan  20 ming gektar yerda hamda joriy yilgi g‘alla va ertangi ekinlardan bo‘shaydigan 57 ming gektar yerda takroriy ekinlar ekiladi. 
 
Qishloq xo‘jaligida yuqoridagi ishlarning amalga oshirilishi natijasida 2022 yilda 464 ming tonna g‘alla, 828 ming tonna sabzavot, 208 ming tonna kartoshka, 189 ming tonna poliz, 265 ming tonna meva va rezavorlar, 208 ming tonna uzum, 71 ming tonna dukkakli don, 28 ming tonna moyli ekinlar, 6 ming tonna guruch, 291 ming tonna mol va qo‘y go‘shti, 38 ming tonna parranda go‘shti, 1 mln. 81 ming tonna sut, 650 ming dona tuxum, 45 ming tonna baliq mahsulotlari, 2 ming tonna asal ishlab  chiqarilishi kutilmoqda.
 
Bu albatta, 2 millionga yaqin Buxoro viloyati aholisining asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirishga xizmat qiladi hamda bozorlarimizda narx-navoning barqaror bo‘lishini kafolatlaydi, bu boradagi har qanday xavotirlarga o‘rin qoldirmaydi.
 
Aziz buxoroliklar, fermer, dehqon xo‘jaliklari rahbarlari va tomorqa yer egalari!
 
Oltinga teng ona zaminimizning bir qarichini ham bo‘sh qoldirmasdan, bugungi ayni ekin-tikin mavsumida fursatni qo‘ldan boy bermay mehnat qilishimiz va dasturxonlarimiz to‘kinligini ta'minlashimiz lozim.
 
Shu o‘rinda dehqonchilik, o‘zgalarga rizq ulashish saodati dinimizda ham ulug‘langanligini ta'kidlash joiz. Muborak hadislarimizdan birida Payg‘ambarimizning “Musulmon kishi ko‘chat eksa, keyin biror jonzot undan yesa, buning uchun ekkan kishiga sadaqa qilganning savobi yoziladi”, degan so‘zlari rivoyat qilinadi. Yana bir hadisda esa Payg‘ambarimiz dehqon qo‘llarini “jannatiy qo‘llar” deb ataganliklari keltiriladi.
 
Biz dehqonlarimizning ana shunday savobli va zahmatli mehnatlarini qadrlaymiz. Bu borada ularlarga nimaiki yordam kerak bo‘lsa, barchasini muhayyo etamiz.
 
Bu jarayonda ko‘pni ko‘rgan nuroniylarimiz, tajribali dehqonlarimiz, agronomlarimiz, mahalla faollari, keng jamoatchilikning maslahatlari va tajribalaridan samarali foydalanishimiz zarur.
 
Shunday ekan mamlakatimiz, jumladan viloyatimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligiga munosib hissa qo‘shish, dasturxonlarimiz to‘kinligini ta'minlash uchun barchangizni sidqidildan fidokorona mehnat qilishga chaqiraman.

Manba: Buхоrо vilоyati hоkimligi

Поделиться