O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Saudiya Arabistoni bilan transport va logistika sohasidagi hamkorlik aloqalari rivojlantiriladi
2022-04-20 | Iqtisodiyot
Ar-Riyod shahrida O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamovning Saudiya Arabistoni Qirolligi Transport vaziri Solih Al-Jasser bilan ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar transport sohasidagi hamkorlik istiqbollari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining infratuzilma loyihalariga investitsiyalarni jalb etish masalalarini muhokama qilishdi.
Suhbat chog‘ida fuqaro aviatsiyasi sohasidagi o‘zaro munosabatlar jumladan Makka va Madina shaharlariga ziyoratchilarni tashishni tashkil etish borasidagi istiqbollar yuksak baholandi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar transport-logistika sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarni rivojlantirish, ikki davlat o‘rtasida yo‘lovchi va yuk tashish hajmini oshirish bo‘yicha amaliy qadamlarni davom ettirishga kelishib oldilar.
Shuningdek, ikki mamlakat aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida fuqaro aviatsiyasi sohasida qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan ikki tomonlama bayonnoma imzolandi.
Manba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi