O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ilm-fanga xorijiy grant mablag'larni jalb qilish bo'yicha seminar o'tkazildi

2022-04-25 | Fan

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida Innovatsion rivojlanish vazirligi Ilm-fan va innovatsion faoliyatga investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi mas'ul xodimlari va akademiya qoshidagi 30 nafardan ortiq Ilmiy tadqiqot institutlari vakillari bilan uchrashuv-seminar tashkil qilindi.

Seminardan ko'zlangan asosiy maqsad – ilm-fan va innovatsion faoliyatga xorijiy grant mablag'larni jalb qilish maqsadida ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish. 

Uchrashuvda vazirlik xodimlari tomonidan sohaga xorijiy grantlarni jalb qilish mavzusida taqdimot qilindi. Xususan, 2022-yilda vazirlik tomonidan amalga oshirilayotgan grant loyihalar, kelgusi yillarga mo'ljallangan istiqbolli loyihalar, Koreya hukumatining hamkor vazirliklari, Turkiyaning TIKA, AQShning USAID va boshqa xorijiy donorlar bilan hamkorlikdagi qo'shma grant loyihalari, Evropa ittifoqining Horizon va boshqa grant dasturlari bilan tanishtirildi. 

Xorijiy grantlarga loyiha topshirish yuzasidan tashkil etilgan davra suhbatida ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari, olimlar, ilmiy xodimlar tomonidan ko'tarilgan savollarga javob berildi hamda bildirilgan takliflar muhokama qilindi. Uchrashuv so'ngida xorijiy grantlarni jalb qilishda hamkorlik qilish va loyiha takliflarini birgalikda shakllantirishga kelishib olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться