O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Vikipediya portali bilan tanishish va uni ma'lumotlar bilan to'ldirish bo'yicha o'quv seminari bo'lib o'tdi
2022-04-22 | Jamiyat
Innovatsion rivojlanish vazirligida Vikipediya portali bilan tanishish va uni ma'lumotlar bilan to'ldirish bo'yicha o'quv seminari o'tkazildi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi Global reyting bilan ishlash bo'lim boshlig'i Rahmatullaev Bunyod Vikipediya portali yordamida ilm-fan va innovatsiyalarni ommalashtirish, shuningdek Global innovatsiya indeksidagi Vikipediya ko'rsatkichi va uning ahamiyatiga to'xtaldi.
GRANDPR korxonasi Digital-menejeri Tigran Seytumerov Vikipediya portali bilan tanishish va uni ma'lumotlar bilan to'ldirish bo'yicha taqdimot o'tkazdi. “WikiSchool Uzbekistan” harakati rahbari Nikolay Artem`ev esa mazkur portalni o'zbek tilida ma'lumotlar bilan to'ldirish bo'yicha texnik jihatlariga alohida to'xtalib o'tdi.
Tadbir so'nggida Vikipediya portalini innovatsiyalar, ilm-fan sohasidagi O'zbekiston haqidagi ma'lumotlar bilan kengaytirish va rivojlantirish bo'yicha talabalar o'rtasida tanlov o'tkazilishi e'lon qilindi. Tanlov joriy yilning 25-aprelidan 25-maygacha o'tkaziladi.
Tanlov respublikamizdagi oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida e'lon qilinishi ko'zda tutilgan bo'lib, eng ilg'or va tashabbuskor talaba-yoshlarni munosib taqdirlash belgilangan. Xususan, “Wikipedia” portaliga o'zbek tilida eng ko'p maqola joylashtirgan 10 nafar talaba hamda talabalari eng faol qatnashgan 3 ta oliy o'quv yurti vazirlik nomidan qimmatbaho sovg'alar, mukofot va sertifikatlar bilan taqdirlanadi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi