O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Kurashchilarimiz reyting musobaqasini beshta medal bilan boshlashdi
2022-06-03 | Sport
Qozogʻistonning Olma-Ota shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi boʻyicha reyting turniri start oldi. Ortda qolgan birinchi kun doirasida “klassik” kurash ustalari gilamga chiqishdi.
Quvonarlisi, Ravshan Roʻziqulov shogirdlari murosasiz bahslar yakunida 1 ta oltin va 4 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdilar. Bugun -67 kg vazn toifasidagi polvonimiz Abror Ataboyevni tom maʼnodagi kun qahramoni deyish mumkin. Saralashda Qozogʻiston va Eron vakillarini dogʻda qoldirgan Abror finalda gruziyalik Joni Xetsurianidan ham ustun kelib, oltin medalga sazovor boʻldi. Shuningdek, Jasurbek Ortiqboyev, Muhammadqodir Yusupov, Jalgasbay Berdimuratov va Rustam Assakalov oʻz vazn toifasida shohsupaga koʻtarilishdi.
Oltin medal:
-67 kg: Abror Ataboyev
Bronza medali:
-55 kg: Jasurbek Ortiqboyev
-60 kg: Muhammadqodir
-87 kg: Jalgasbay Berdimuratov
-97 kg: Rustam Assakalov
Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi