O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AKT vaziri xorijdagi kompaniyalarni boshqarayotgan vatandoshlarimizga yurtimizda IT-sohani rifojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shishga va BPO yo‘nalishida faoliyatlarini O‘zbekistonda tashkil qilish, kengaytirish bo‘yicha takliflar berib murojaat qildi

2022-05-27 | Jamiyat

Toshkent shahridagi Inha universitetida AQSHda yashab faoliyat olib borayotgan huquqshunos jurnalist bloger Otabek Mahkamovning “Yuksaklik sari tasodif bo‘lmagan 100 ta uchrashuv” nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Unda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazir Sherzod Shermatov ham ishtirok etib, nutq so‘zladi.

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2022-yil 14-aprel kuni axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi islohotlar natijadorligi hamda sohada 2022-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari O‘zbekistonni mintaqaviy IT-markazga aylantirish kerakligini ta’kidlagandi. 

Shundan kelib chiqib, AKT vaziri eng asosiy e‘tiborni xorijdagi kompaniyalarni boshqarayotgan  vatandoshlarimizga yurtimizda IT-sohani rifojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shishga va BPO yo‘nalishida faoliyatlarini O‘zbekistonda  tashkil qilish,  kengaytirish bo‘yicha takliflarini aytib ularga  murojaat qildi.

“Yangi O‘zbekiston davri boshlanishi bilan Prezidentimiz aynan chet elda ishlayotgan vatandoshlar e’tiborini qaratdi. Yurtdoshlarimiz dunyoning turli nuqtalarida ishlab, faoliyat ko‘rsatishmoqda.

Hozirda Axborot texnologiyalari chegara bilmas tarzda rivojlanib bormoqda. Juda ko‘p Amerikada yashayotgan vatandoshlarimiz o‘zlarining buyurtmalarini O‘zbekistonga yuborishmoqda. Bu albatta, katta yutuq. O‘ylaymanki, sizning amalga oshirayotgan bu kabi ishlaringiz Amerikada yashayotgan vatandoshlarimizni biz bilan yanada yaqinlashtirishga, ular o‘zlarining buyurtmalarini O‘zbekistonga yuborishiga katta xizmat qiladi”,– dedi taqdimotda ushtirok etgan AKT vaziri Sh. Shermatov.

Shu bilan birga, ushbu “Yuksaklik sari tasodif bo‘lmagan 100 ta uchrashuv” nomli kitob taqdimotida yurtimizning ko‘zga ko‘ringan mutaxasis va olimlari, mashhur san’atkorlar hamda madaniyat xodimlari ishtirok etishdi. 

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться