O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«Tashabbuskor budjet elchilari» tanlovi g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

2022-06-01 | Jamiyat

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan «Ochiq budjet» axborot portali doirasida talabalar uchun tashkil etilgan «Tashabbuskor budjet elchilari» tanlovi g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbir boshida, Moliya vaziri o'rinbosari Axadbek Xaydarov “Tashabbusli budjet” loyihasiga yoshlarning, ayniqsa talabalarning katta qiziqish bildirib, ko'plab loyihalarni taqdim etgani, vatanimiz taqdiriga daxldorliginini anglatishi haqida aytib, “Ochiq budjet” axborot portalidan mavsum davomida 15,6 ming talaba ro'yxatdan o'tgani hamda tashabbusli byudjet jarayoni davomida ular tomonidan 7,2 mingta takliflar bildirilgani” haqida to'xtalib o'tdi.

Undan so'ng esa, aynan mazkur “Tashabbusli byudjet” jarayonida katta qiziqish bilan ishtirok etgan talabalar o'z taassurotlari bilan bo'lishdilar.

Xususan, tanlovda 13 o'rinni qo'lga kiritgan talaba Sherbek Maxmasoatov: “Ochiq budjet saytidagi "Tashabbusli budjet" loyihasi davlatimiz tomonidan muommolar uchun ajratilyotgan mablag'lari ayni kerakli joylarga etib borishiga sabab bo'lmoqda. Yana ham quvonarli holat shundaki, keyingi tashabbus uchun qaysi muommoni ko'tarib chiqamiz deb mahalla mutasaddilari va tashabbuskor aholilar tomonidan o'rganish ishlari olib borilmoqda. Buning barchasiga bosh bo'lgan Davlatimiz Rahbariga, qolaversa, shu loyiha bo'yicha ishlayotgan mutasaddilarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.” – deya ta'kidladi.

Mazkur tadbirda nafaqat talabalar, balki ularning ota-onalari ham ishtirok etib, tanlov haqidagi o'z fikr va takliflarini bildirishdi.

Uchrashuvda g'oliblarga esdalik sovg'alari, jumladan, 5 ta noutbuk, 10 ta planshet, 10 ta kindel, 10 ta aqlli soat va 20 ta quloqchinlar o'z egalariga topshirildi hamda kelgusida jamiyat rivoji yo'lida faol ishtirokda bardavom bo'lishlarini ta'kidlandi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться