O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida yetakchi OTM talabalari va “IT” akademiyalarining ilg‘or talabalari va “IT” soha vakillari bilan “IT CAREER EVENT-2022” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

2022-06-03 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Respublikasimizning yetakchi oliy taʻlim muassasalari va “IT” Akademiyalarining bitiruvchi talabalari bilan vazirliklar ichida ilk bora “IT CAREER EVENT-2022” uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari – Odilbek Isakov ochib berdi.

Uchrashuvdan asosiy maqsad, Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari va Axborot-resurs markazlari hamda Moliya vazirligining tarkibiy tuzilmalarining “IT” bo‘limlaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini yosh, salohiyatli kadrlar bilan to‘ldirish, kadrlar zahirasini yaratishdan iborat.

Takidlash joizki, mazkur uchrashuvga quyidagi oliy ta’lim muassasalari va “IT” akademiyalari rahbariyati va ilg‘or hamda salohiyatli talabalari taklif etildi:

-“INHA” Oliy ta’lim muassasasi;

- “YEOJU” Oliy ta’lim muassasasi;

- “AMITY” Oliy ta’lim muassasasi;

- “Japan Digital University” Oliy ta’lim muassasasi;

- “Webster University” Oliy ta’lim muassasasi;

- “TURIN” Oliy ta’lim muassasasi;

- “Westminster” Oliy ta’lim muassasasi;

- “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti” Oliy ta’lim muassasasi;

- “IT PARK” o‘quv markazi;

- “IT STEP” Kompyuter Akademiyasi o‘quv markazi;

- “PDP IT akademiyasi” o‘quv markazi;

- “BEPRO IT akademiyasi” o‘quv markazi;

- “Toshkent shahridagi M. V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti filiali” Oliy ta’lim muassasasi;

- “GITA - Dasturchilar Akademiyasi” o‘quv markazi;

- “IT Astrum akademiyasi” “Web Brein akademiyasi”.

 Ushbu tadbirda ikki yuzdan ziyod bitiruvchi talabalar ishtirok etishdi, talabalar bilan “IT” sohasiga oid savol-javoblar tashkil etildi, sohaga tegishli qiziqarli suhbatlar uyushtirildi.

Tadbir so‘ngida barcha talabalarning bilimlarini tekshirish maqsadida Axborot texnologiyalari markazi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan dasturlashning oltita yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi va test natijalariga ko‘ra Moliya vazirligi rahbariyati tomonidan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar tashakkurnoma va mukofotlar bilan taqdirlandi. Bu kabi yeg‘ilishlar kelgusida talaba yoshlarga o‘z yo‘lini topishga katta imkoniyatlar eshigini ochadi, ushbu imkoniyatlar orqali barqaror ish o‘rniga ega bo‘lish, o‘z bilimlarini amaliyotda keng qo‘llash va o‘z bilimini yanada oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi, shu o‘rinda Moliya vazirligining “IT” sohasini rivojlantirishda ham bo‘sh ish o‘rinlarini to‘ldirishdan tashqari, kadrlar zahirasini yaratishga va yoshlar o‘rtasida erkin raqobat muhitini yuzaga kelishiga xizmat qiladi.

Kelgusida, Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari va Axborot-resurs markazlari hamda Moliya vazirligining tarkibiy tuzilmalarining “IT” bo‘limlari o‘rtasida “IT” Universitetlari “IT” Akademiyalari, “IT” kompaniyalari bilan “Team building”, “IT Club”, “IT Event” kabi uchrashuvlar va muhokalar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться