O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-maydagi “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaror ijrosi yuzasidan
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-maydagi “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Pensiya jamg‘armasi hisobida turuvchi jami 4 mln. 256 mingdan ortiq pensiya va nafaqa oluvchilarga tulov qaydnomalarini shakllantirib aksiyadorlik tijorat Xalq banki va boshqa tijorat banklariga yetkazib berildi hamda 1 trln. 314,3 mlrd.so‘m moliyalashtirib berildi.
Eslatib o‘tamiz, qarorga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda yashovchi yuqorida qayd etilgan toifadagi fuqarolarga har biriga – 300 ming so‘mdan, Toshkent shahrida yashovchi fuqarolarga esa – 400 ming so‘mdan moddiy yordam ajratiladi.
2. Shuningdek, “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali 4 mln. 647 mingdan ziyod kam ta'minlangan sifatida moddiy yordam oluvchi oilalarga hamda kam ta'minlangan sifatida bolalar nafaqasini oluvchi oilalarning har bir 18 yoshga to‘lmagan bolasiga – 200 ming so‘mdan moddiy yordam berish uchun 929,5 mlrd.so‘m mablag‘lar Davlat byudjeti hisobidan ajratildi.
Qarorga muvofiq, bir nechta toifa bo‘yicha bir martalik moddiy yordam olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga bir martalik moddiy yordam har bir toifa bo‘yicha to‘lab beriladi.
3. Joriy yilning 5-iyun holatiga plastik kartalari orqali pensiya va nafaqa oluvchi fuqarolarning 100 foiz yoki (4 mln. 895 ming fuqaroga) 1 trln. 159,5 mlrd. so‘mlik mablag‘lar bank plastik kartalariga o‘tkazib berilgan.
Shuningdek, Xalq bankining joylardagi filiallari orqali naqd pul shaklida to‘lovlar sayyor kassalar orqali 89,2 foizga yoki (3 mln. 591,1 ming fuqaroga) 967,5 mlrd. so‘mlik mablag‘lar fuqarolarga yetkazildi.
Jami 8 mln. 486,0 ming nafar (95,3 foiz) bir martalik moddiy yordam oluvchilarga 2 trln. 127,0 mlrd.so‘mlik (94,8 foiz) mablag‘ to‘lab berildi. Mazkur to‘lovlar joriy yil 8 iyunga qadar yakunlanadi.
2022-yil 6-iyun 09-00 holatiga mlrd. so‘mda
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi