O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari hamda kotibiyat xodimlari uchun o'quv-seminar tashkil etildi

2022-05-25 | Jamiyat

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining topshirig'iga ko'ra xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari hamda kotibiyat xodimlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida o'quv-seminarlari tashkil etildi.

Mazkur o'quv-seminar Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etilgan bo'lib, unga Moliya vazirligining hududiy moliya bosh boshqarmalari, tuman, shahar moliya bo'limlarining malakali mutaxassislari, shuningdek, Moliya vazirligi huzuridagi O'quv markazining professor-o'qituvchilari keng jalb qilindi.

Tashkil etilgan o'quv-seminar davomida mahalliy budjetni shakllantirish hamda uning ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining vakolatlari, mahalliy byudjet mablag'lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta'minlash masalalari yuzasidan taqdimotlar o'tkazildi.

Shuningdek, seminarda ishtirok etgan tinglovchilarga Budjet Kodeksi, “2022-yil uchun Davlat budjeti to'g'risidagi” Qonun, “Ochiq budget” axborot portali hamda “Tashabbusli budjet” jarayonining mazmun-mohiyati va amalga oshirish mexanizmlari to'g'risida batafsil tushuncha va ma'lumotlar berildi.

Ushbu o'quv-seminar xalq deputatlari mahalliy Kengashlari hamda kotibiyat xodimlarining jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarning bajarilishi yuzasidan deputatlik nazoratini ta'minlash hamda tashabbusli budjetlashtirish jarayoni natijalari bo'yicha g'olib deb topilgan loyihalarni o'z vaqtida moliyalashtirish va amalga oshirilishini baholab borish kabi vazifalarni samarali ijro etishlarida xizmat qiladi.  

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться