O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamiyat

Prorektorlar va direktor oʻrinbosarlari innovatsion menejmentni oʻrganishmoqda

30.10.2018Jamiyat

29-oktabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Innovatsion menejment” oʻquv treningi oʻz ishini boshladi. Toshkent Xalqaro Vestminster universitetida boʻlayotgan treningda oliy taʼlim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiya masalalari boʻyicha prorektorlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari direktor oʻrinbosarlari ishtirok etishmoqda. Tadbirni Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosarlari Azimjon Nazarov va Yoʻlbarsxon Mansurov ochib berdilar.

521 fuqaro tadbirkorlik faoliyatini qayta tikladi

30.10.2018Jamiyat

Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi viloyat boʻlimi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi hamkorligida “Soliq qarzining paydo boʻlish sabablari, toʻlovlarning amalga oshirilishida uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari” mavzuida seminar oʻtkazildi.

Turkiya kompaniyasi Oʻzbekistonda zamonaviy sport inshooatlarini bunyod etadi

30.10.2018Jamiyat

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan yurtimizda quriladigan sport obyektlarining jahon andozalariga mosligini taʼminlash va ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish maqsadida qator xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilmoqda.

Andijon viloyatida 377 fuqaro tadbirkorlik faoliyatini qayta tikladi

30.10.2018Jamiyat

Prezidentimizning 2018 yil 27 iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni bankrot boʻlgan yoki soliqlarni vaqtida toʻlay olmagan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qayta tiklash uchun muhim huquqiy asos boʻldi.

Viloyat Xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyati sarhisob qilindi

30.10.2018Jamiyat

Joriy yilning 29-oktabr kuni Guliston shahridagi “Yoshlar” markazida Sirdaryo viloyat Xotin-qizlar qoʻmitasining hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Tanzila Narbayeva hamda viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayevlar ishtirok etishib, viloyat Xotin-qizlar qoʻmitasining 5 yillik faoliyati sarhisob qilindi.

Hamkorlikda oʻtkazilayotgan tadbirlar samarali boʻlmoqda

30.10.2018Jamiyat

Yurtimizda tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish va uni kengaytirgan holda koʻproq daromad orttirish uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yetarli.

Oʻzbekiston — Qozogʻiston: Ikki davlat isteʼmolchilari tashkiloti memorandum imzoladi

30.10.2018Jamiyat

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Xalqaro isteʼmolchilar tashkilotlari konfederatsiyasi va Qozogʻiston Isteʼmolchilar milliy ligasi boshqaruvi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.

Namangan viloyatida tadbirkorlik subyektlariga qulaylik yaratildi

30.10.2018Jamiyat

“Oʻzstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan, joriy yilda sinov va kalibrlash laboratoriyalarini rivojlantirish dasturi ijrosi yuzasidan “Namangan sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi metrologiya boʻlimiga RST-200 kuchlanish va tok-transformatorlarni qiyoslash uskunasi xarid qilindi.

Adliya vazirligi ijtimoiy video va audioroliklarni ishlab chiqish boʻyicha tanlov eʼlon qiladi

30.10.2018Jamiyat

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Advice.uz” Yagona axborot portali” loyihasi doirasida ijtimoiy video va audioroliklarning ijodiy konsepsiyasini ishlab chiqish, suratga olish/yozib olish va uni ommaviy axborot vositalarida joylashtirish boʻyicha tanlov eʼlon qiladi. 

“Mehrgon” – qut-baraka bayrami

30.10.2018Jamiyat

Oʻzbekiston va Tojikiston Prezidentlarining uzoqni koʻzlab olib borayotgan xalqparvar siyosati tufayli keyingi yillarda xalqlarimiz oʻrtasidagi azaliy doʻstlik aloqalari yanada mustahkamlandi. 

Germaniya Bundestagi vakillari Buxoroda

30.10.2018Jamiyat

Germaniya Bundestagining “GFR – Markaziy Osiyo» parlament guruhi raisi M.Grund boshchiligidagi delegatsiyasi 29-oktyabr kuni Buxoro viloyatida boʻldi. 

Xorazmlik maktab oʻquvchilariga 20 mln. soʻmlik badiiy kitoblar taqdim etildi

29.10.2018Jamiyat

Xalq taʼlimi vazirligi va MFond qoʻllab-quvvatlashida “Sharq Ayoli” XAJF tashabbusi bilan Xorazm viloyati Shovot tumanidagi 2-sonli umumtaʼlim maktabida xayriya aksiyasi oʻtkazildi. Aksiya doirasida maktab oʻquvchilari uchun umumiy narxi 20 million soʻm boʻlgan 250 dona rus adabiyoti kitoblari taqdim etildi.

Tadbirkorlarga yana bir imkoniyat

29.10.2018Jamiyat

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi tashabbusi bilan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻtkazildi.

Parlamentlararo hamkorlik — xalqaro munosabatlar rivojida muhim omil

29.10.2018Jamiyat

2018 yil 29 oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi tomonidan “Xalqaro munosabatlarni rivojlantirishda parlamentlararo hamkorlikning ahamiyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Yoshga oid toifa belgisi boʻlmagan axborot mahsulotini tarqatish taqiqlandi

24.10.2018Jamiyat

Hukumat qarori bilan “Axborot mahsulotining yoshga oid tasniflarini aniqlash mezonlari hamda uni ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Adliya vazirligi: tizim xodimlari oʻz faoliyatida halollik va shaffoflikka amal qilishi kerak

29.10.2018Jamiyat

27-oktabr kuni Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hayʼat majlisi boʻlib oʻtdi. Unda adliya organlari va muassasalari tomonidan qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash sohasida 2018-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar va joriy yilda bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar atroflicha muhokama etildi.

Toshkent shahridagi vazirliklararo maslahatlashuvlar toʻgʻrisida

29.10.2018Jamiyat

Oʻzbekiston – Rossiya Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2018-2019-yillarga moʻljallangan Hamkorlik dasturiga binoan 2018-yilning 26-oktabr kuni Toshkent shahrida tashqi siyosatni axborot bilan taʼminlash va OAV bilan ishlash masalalari boʻyicha vazirliklararo maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi boʻlib oʻtdi.

Jamoat transportini takomillashtirish boʻyicha uchrashuv boʻlib oʻtdi

29.10.2018Jamiyat

Toshkent shahar hokimligida Jahon banki va Koreya Telekom vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi – Shanxay ijtimoiy fanlar akademiyasi: hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha muzokaralar

26.10.2018Jamiyat

Shu kunlarda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi vakillari “Bir makon, bir yoʻl: Yevroosiyoda barqarorlik va farovonlik” uchinchi Shanxay xalqaro forumida ishtirok etmoqda.