O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hamkorlikda oʻtkazilayotgan tadbirlar samarali boʻlmoqda

2018-10-30 | Jamiyat

Yurtimizda tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish va uni kengaytirgan holda koʻproq daromad orttirish uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yetarli.

Buxoroda viloyat prokuraturasi, ichki ishlar boshqarmasi hamda viloyat davlat soliq boshqarmasi masʼul xodimlaridan tuzilgan ishchi guruhlari tomonidan qonuniy tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻygan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini oldini olish orqali soliq solish bazasini kengaytirish maqsadida olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida ijobiy oʻzgarishlar koʻzga tashlanmoqda.

Ushbu koʻrsatkichlarni viloyat misolida aytadigan boʻlsak, 2018 yil oktyabr oyining oʻzida jami toʻrt mingga yaqin fuqarolarning faoliyati qonuniylashtirildi.

Jumladan:

  • 1600 nafardan ortiq fuqarolar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtdi;
  • 1300 nafarga yaqin faoliyatini vaqtincha toʻxtatib, amalda esa tadbirkorlikni davom ettirayotgan fuqarolarning faoliyati qayta tiklandi;
  • Konvert usulida haq olib kelayotgan 760 nafardan ortiq fuqarolar aniqlanib, ularning yollanma ishchi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishi natijasida ushbu fuqarolarning doimiy ish bilan bandligi taʼminlandi;
  • 300 nafarga yaqin tadbirkorlarning soliqdan qochish xatti-harakatlari aniqlanib, ularning faoliyati amaldagi faoliyatiga moslashtirildi;
  • 550 nafarga yaqin shaxslarning aholiga noqonuniy ravishda pullik transport xizmatini koʻrsatish faoliyati belgilangan tartibda qonuniylashtirildi;
  • 10 nafarga yaqin shaxslarning noqonuniy ravishda konsert tomosha xizmatini koʻrsatish faoliyati qonuniylashtirildi.

Natijada, mahalliy byudjetga qoʻshimcha ravishda har oy 1 milliard 400 million soʻmdan ortiq mablagʻ kelib tushishi koʻzda tutilmoqda.

Bu kabi tadbirlar viloyatda davom ettirilmoqda.

 

Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi

Jamoatchilik bilan aloqalar va

huquqiy axborot shoʻbasi

Поделиться