O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkent shahridagi vazirliklararo maslahatlashuvlar toʻgʻrisida
2018-10-29 | Jamiyat
Oʻzbekiston – Rossiya Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2018-2019-yillarga moʻljallangan Hamkorlik dasturiga binoan 2018-yilning 26-oktabr kuni Toshkent shahrida tashqi siyosatni axborot bilan taʼminlash va OAV bilan ishlash masalalari boʻyicha vazirliklararo maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi boʻlib oʻtdi.
Rossiya TIV delegatsiyasiga Axborot va matbuot departamenti direktori Mariya Zaxarova boshchilik qildi.
Uchrashuvda ommaviy axborot vositalari bilan ishlash sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi, tajriba almashildi.
Rossiya delegatsiyasi shu kunning oʻzida JIDU oʻqituvchi va talabalari bilan uchrashuv oʻtkazdi.