O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tadbirkorlarga yana bir imkoniyat

2018-10-29 | Jamiyat

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi tashabbusi bilan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻtkazildi.

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat prokuraturasi, Savdo-sanoat palatasi va Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmalari hamkorligida soliq qarzining paydo boʻlish sabablari, toʻlovlarning amalga oshirilishida uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etishga bagʻishlangan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻtkazildi.
 
Prezidentimizning 2018 yil 27 iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni mazmun-mohiyati, belgilangan soliq imtiyozlaridan maqsadli foydalanish, tadbirkorlar faoliyatida uchrayotgan muammolar yuzasidan fikr almashildi.
 
Farmonga koʻra, yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxslar, moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan, vaqtincha faoliyatini toʻxtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullangan jismoniy shaxslar tadbirkorlik faoliyatini tiklagan yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan taqdirda, qayd etilgan soliq qarzlari, moliyaviy jarimalar hamda penyalar hisobdan chiqariladi. Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan faoliyat olib borayotgan jismoniy shaxslardan tegishli faoliyat turi boʻyicha oʻrnatilgan stavkadan kelib chiqib hisoblangan bir yillik qatʼiy belgilangan soliqni bir yoʻla undirish tartibi ham bekor qilindi.
 
Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot shoʻbasining maʼlum qilishicha, bu borada viloyatda olib borilgan targʻibot-tashviqot ishlari natijasida 300 nafar fuqaro tadbirkorlik faoliyatini qayta tiklagani hamda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgani tufayli ularning 8 174,3 million soʻm soliq qarzi hisobdan chiqarildi.
 
– Davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlar va soliqdan yuzaga kelgan qarzimning kechilishini eshitib, tadbirkorlik faoliyatimni qayta yoʻlga qoʻydim, – deydi tadbirkor Sh.Ibrohimov. – Davlat soliq xizmati organlari 12,6 million soʻmlik soliq qarzlarimni hisobdan chiqardi. Bu men uchun katta imkoniyat boʻldi.
 

Gʻ.Hasanov, OʻzA

Поделиться