O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vazirligi: tizim xodimlari oʻz faoliyatida halollik va shaffoflikka amal qilishi kerak

2018-10-29 | Jamiyat

27-oktabr kuni Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hayʼat majlisi boʻlib oʻtdi. Unda adliya organlari va muassasalari tomonidan qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash sohasida 2018-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar va joriy yilda bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar atroflicha muhokama etildi.

Videokonferensaloqa shaklida oʻtkazilgan tadbirda adliya organlari va muassasalarining barcha darajadagi rahbar va masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Majlisda asosiy eʼtibor Davlatimiz rahbari tomonidan adliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilingan qator farmon va qarorlarining bugungi kundagi ijrosi, vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarning amalda taʼminlanayotganlik darajasini oʻrganishga qaratildi..

Qayd etilganidek, hisobot davrida 212 ta normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan 44 ta qonun loyihalari ishlab chiqilib, Hukumatga kiritildi. 1 405 ta qonun hujjatlari loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi.

Kelib tushgan jami 34 mingdan ortiq murojaatlarning qariyb 24 mingdan ortigʻi qonuniy hal etildi.

Aniqlangan 367 ming ta qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish boʻyicha 6 774 ta taqdimnoma, 17 800 ta ogoxnoma kiritildi, 1 620 nafar shaxslar maʼmuriy, 3 600 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi, shundan 346 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi.

Sudlarga kiritilgan 24 mlrd. soʻmlik daʼvolar qanoatlantirildi. Aholining huquqiy ongini oshirish boʻyicha 127 mingdan ortiq targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.

Davlat xizmatlarini koʻrsatish markazlari tomonidan 2 mln. 650 mingdan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatildi.

Davlat notarial idoralari tomonidan esa 3 mln. dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatilib, 466 mlrd soʻm miqdorida davlat boji va gerb yigʻimlari undirildi.

Adliya organlari va muassasalari tomonidan aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, muntazam ravishda shaxsiy, shu jumladan sayyor qabullar oʻtkazish hamda vazirlik faoliyatini keng jamoatchilikni xabardor qilish va olib borilayotgan faoliyatning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash boʻyicha samarali ishlar olib borilganligi natijasida 59 ta davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari orasida “Ochiqlik indeksi” boʻyicha oʻtkazilgan navbatdagi reytingida Adliya vazirligi peshqadam organ sifatida birinchi oʻrinni egalladi. 

Biroq, yutuqlar bilan bir qatorda ayrim adliya organlari va muassasalari tomonidan faoliyatda yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar ham mavjud. Majlisda ular keskin tanqid qilindi.

Ayniqsa, tuman (shahar) adliya boʻlimlari faoliyati, inson huquqlarini himoya qilish, yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish, notariat, hamda davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi.

Notariat va davlat xizmatlari koʻrsatish sohasi xodimlari tomonidan fuqarolar bilan ishlashda hanuzgacha qoʻpol muomalada boʻlish holatlari murosa qilib boʻlmaydigan holat sifatida eʼtirof etildi.

Adliya organlari va muassasalari rahbarlari va masʼul xodimlarining qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlarida belgilangan vazifa 
va tadbirlar ijrosini oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq taʼminlash boʻyicha masʼuliyatini yanada oshirish kerakligi, oʻz faoliyatida halollik va shaffoflikka amal qilishi kerakligi qatʼiy belgilab qoʻyildi.

Поделиться