O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Viloyat Xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyati sarhisob qilindi

2018-10-30 | Jamiyat

Joriy yilning 29-oktabr kuni Guliston shahridagi “Yoshlar” markazida Sirdaryo viloyat Xotin-qizlar qoʻmitasining hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Tanzila Narbayeva hamda viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayevlar ishtirok etishib, viloyat Xotin-qizlar qoʻmitasining 5 yillik faoliyati sarhisob qilindi.

Shuningdek, konferensiyada viloyat Xotin-qizlar qoʻmitasining quyi organi boʻlgan tuman-shahar xotin-qizlar qoʻmitalarining hisobot-saylov konferensiyalarida saylangan 86 nafar delegatlar hamda hamkor davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, jami 268 nafar viloyat faollari ishtirok etdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-4947-sonli va 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5325-sonli Farmonlari ijrosi doirasida viloyatda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, konferensiyada tashkiliy masalalar koʻrib chiqildi. Unga koʻra Sirdaryo viloyati Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi bir ovozdan Oʻralova Dilfuza Jumanovna 5 yillik muddatga qayta saylandi. Konferensiyada Xotin-qizlar qoʻmitasining yangi tahrirdagi Ustavi muhokama qilinib, tegishli takliflar berildi. Konferensiya yakunida viloyatimizning bir guruh faol xotin-qizlari viloyat hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

 

Viloyat hokimligi xotin-qizlar

masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi

N.Gʻafurova

Поделиться