O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jamoat transportini takomillashtirish boʻyicha uchrashuv boʻlib oʻtdi
2018-10-29 | Jamiyat
Toshkent shahar hokimligida Jahon banki va Koreya Telekom vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda Jahon banki ekspertlari poytaxt hududida transport tarmoqlarini rivojlantirish, yoʻlovchilarga harakatlanish boʻyicha axborotni innovatsion usullarda yetkazish masalalari muhokama etildi.
Muzokaralarda Janubiy Koreyaning “KT” kompaniyasi Toshkent shahrining jamoat transportlarida avtomatlashtirilgan toʻlov tizimini joriy etish taklifini ilgari surdi. Bu jamoat transportlari, xususan avtobus, taksi va metroda yoʻlovchilarning naqd puldan foydalanmasdan harakatlanish imkoniyatini koʻzda tutadi. Loyihaning dastlabki bosqichida avtomatlashtirilgan toʻlov kartalarini yaratish, poytaxtning markaziy hududlarida ularni sotish va axborotlashtirilgan markazlarni tashkil etish belgilangan. Shuningdek, “KT” kompaniyasi vakillari avtomatlashtirilgan tizim Janubiy Koreyaning barcha shaharlarida muvaffaqiyatli joriy etilganligini taʼkidladi.