O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

521 fuqaro tadbirkorlik faoliyatini qayta tikladi

2018-10-30 | Jamiyat

Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi viloyat boʻlimi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi hamkorligida “Soliq qarzining paydo boʻlish sabablari, toʻlovlarning amalga oshirilishida uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari” mavzuida seminar oʻtkazildi.

Prezidentimizning joriy yil 27 iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda soliq qarziga ega 186 nafar jismoniy shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlar ishtirok etdi. Mutasaddi soha vakillari ularga tadbirkorlik va moliya-xoʻjalik faoliyatini tiklash, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha zarur tavsiyalar berdi.

Olib borilgan targʻibot-tashviqot ishlari natijasida 521 nafar fuqaro tadbirkorlik faoliyatini qayta tiklab, belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtishi bilan ulardagi 134,1 milliard soʻmlik soliq qarzi hisobdan chiqarildi.

 

Hotam Mamadaliyev (surat), OʻzA

Поделиться