O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yoshlar

Guliston davlat universitetida yoshlarga magistrlik diplomi topshirildi

17.08.2021YoshlarManba: O'zA

Guliston davlat universitetida 137 nafar yoshga magistrlik diplomlarini topshirish marosimi o‘tkazildi.

O‘smirlar va yoshlarimiz katta tarkibda Osiyo chempionatiga jo‘nab ketishdi

17.08.2021SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Bugun erta tongda boks bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatida ishtirok etuvchi tarkibimiz BAAga jo‘nab ketdi. 20-avgust kuni Dubay shahrida mazkur turnirlar start oladi. Tarkibga musobaqada ishtirok etuvchi 47 nafar sportchi, 20 nafardan ortiq murabbiy, shifokor va hakamimiz jalb qilingan. 

Paralimpiyachilarimiz Tokioda yangi zafarlar qo‘chishiga ishonamiz

16.08.2021SportManba: O'zA

Joriy yilning 24 avgust – 5 sentyabr kunlari Yaponiya poytaxti Tokio shahrida XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda

16.08.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Aholiga xizmat ko‘rsatish sifati va qulayligini oshirish maqsadida Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi (https://e-gov.uz/) tomonidan maxsus 3 ta savoldan iborat so‘rovnoma o‘tkazilmoqda. 

Guliston shahrida 18 nafar ayollar o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi

16.08.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Ma'lumki, so‘nggi yillarda jamiyatda ayollar rolini oshirish, ularga moddiy va ma'naviy ko‘maklashish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb qilish hamda bandligini ta'minlash yo‘lida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, xotin-qizlarni ma'naviy boyliklarini oshirishga, o‘zini o‘zi band qilishga, ayollarnining g‘oya va intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratilmoda.

O'zbekiston hududlarida "Startap tashabbuslari" dasturining beshinchi davri ishga tushirildi

13.08.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

3-7 avgust kunlari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va BMT Taraqqiyot Dasturining "O'zbekistonda yoshlar bandligiga ko'maklashish" qo'shma loyihasi tomonidan amalga oshirilayotgan yoshlarning startap tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash dasturining 5 davri doirasida Andijon, Namangan, Farg'ona, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlaridan 128 ta startap loyihalari uchun treninglar o'tkazildi.

Futzalchilarimiz Jahon chempionatiga yo‘l olmoqda, ularga oq yo‘l tilandi

13.08.2021SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston futzal terma jamoasi Litva davlati mezbonlik qiladigan 2021-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadi.
 

XXVIII xalqaro matematika olimpiadasi (imc) g‘oliblari munosib taqdirlandi

13.08.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

O‘zbekistonlik talabalar 28-Xalqaro matematika olimpiadasida 15 ta medal sohibi bo‘lishdi. G‘olib talaba-yoshlar O‘zbekiston milliy universitetida munosib taqdirlandi.

Buxoro viloyati 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i Shuxrat Aliev Shofirkon tumanida sayyor qabul o'tkazdi

12.08.2021JamiyatManba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

Joriy yilning 23-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari”ga bag'ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.

Harbiylar tashabbusi bilan “Men o‘ttizta kitob o‘qiyman” aksiyasi o‘tkazildi

12.08.2021YoshlarManba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

“Adiblar xiyoboni”da bir guruh harbiy xizmatchilar tashabbusi bilan “Men o‘ttizta kitob o‘qiyman” aksiyasi tashkil etildi.

Toshkentda yoshlar huquqlari bo‘yicha xalqaro forum o‘z ishini boshladi

12.08.2021JamiyatManba: “Dunyo” axborot agentligi

Toshkentda yoshlar huquqlariga bag‘ishlangan «Yoshlarni global harakatlarga jalb etish» mavzusidagi jahon konferensiyasi o‘z ishini boshladi.

Namanganda “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” aniqlandi

12.08.2021JamiyatManba: O'zA

Namangan shahridagi pedagogika kollejida mamlakatimiz maktabgacha ta’lim tizimida o‘tkazilayotgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2021” Respublika kasbiy ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

TATU talabalari uchun Koreyalik mutaxassislar tomonidan onlayn darslar o‘tilmoqda

11.08.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4851-son Qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida xorijiy mutaxassislar ishtirokida onlayn darslar tashkil etilmoqda.

Kursant qizlar bilan muloqot

10.08.2021JamiyatManba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

IIV Akademiyasi kunduzgi ta'limining birinchi bosqichida ta'lim olayotgan kursant qizlar uchun davra suhbati tashkil etildi. 

Konkurchilarimiz Millatlar ligasining final bosqichiga yoʻl olishdi

10.08.2021SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Moskva shahrida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha Yevrosiyo ligasi Millatlar kubogining 4-bosqichi oʻz yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan jamoamiz gʻalaba qozonib, final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Yangi O‘zbekistonning yangi qahramonlari

10.08.2021SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi

Ma'lumki,  23-iyul sanasidan e'tiboran butun dunyo nigohi Tokio shahriga qaratildi. Xususan, biz ham Tokio — 2020 XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan sportchilarimizning barcha bahslarini hayajon bilan kuzatdik. Ta'kidlash joizki, yurtimiz sharafini himoya qilishga bel bog‘lagan har bir sportchimiz bellashuvlar davomida kuchli matonat va shijoat egasi ekanliklarini yaqqol namoyish etishdi.

Toshkentdagi Inha universitetida Huawei AKT akademiyasi o'z faoliyatini boshladi

10.08.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Toshkent shahridagi Inha universitetida Huawei AKT akademiyasi o'z faoliyatini boshladi. Akademiyaning asosiy maqsadi -  oliy o'quv yurtlari o'qituvchi va talabalarini “Security”, “Datacom / Routing & Switching”, “Storage”, “Artificial Intelligence” kabi zamonaviy yo'nalishlarda o'qitish va sertifikatlashdir.

Vatanni ulug‘laganni xalq ardoqlaydi

10.08.2021SportManba: O'zA

Poytaxt aeroporti. Soat millari 20.40 ni ko‘rsatmoqda. Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tgan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida jonajon Vatanimiz – O‘zbekistonning shonu shuhratini olamga tarannum etgan sportchilarimiz mamlakatimizga qaytib kelishmoqda.

"World AI & Data Challenge" xalqaro ma'lumotlar xakatoni o'tkaziladi

09.08.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

IT Park, Strategik tashabbuslar agentligi va BMT Taraqqiyot dasturi bilan birgalikda joriy yilning 21-22 avgust kunlari mukofot jamg'armasi 5,5 million rubl bo'lgan "World AI & Data Challenge" axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ma'lumotlar xakatonini o'tkazadi.