O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Futzalchilarimiz Jahon chempionatiga yo‘l olmoqda, ularga oq yo‘l tilandi

2021-08-13 | Sport

Xabaringiz bor, O‘zbekiston futzal terma jamoasi Litva davlati mezbonlik qiladigan 2021-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadi.
 

Futzalchilarimiz ertaga Toshkentdagi mashg‘ulotlarini yakunlab, Ispaniyaning Madrid hamda Portugaliyaning Portu shaharlarida o‘tadigan xorijiy yig‘inga jo‘nab ketishadi.

Yig‘inlar davomida vakillarimiz Ispaniya, Portugaliya, Argentina kabi dunyoning yetakchi terma jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishi rejalashtirilgan. Shundan so‘ng, vakillarimiz Jahon chempionatida qatnashish uchun Litva poytaxti Vilnyus shahriga yetib borishadi. Bugun O‘FA rahbariyati mundial safari oldidan O‘zbekiston futzal terma jamoasi murabbiylar shtabi hamda futzalchilar bilan uchrashdi. Tadbirda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, O‘FA Ijroiya qo‘mitasi a’zosi Jahongir Usmonov, Faxriylar kengashi raisi To‘lagan Isoqov ishtirok etdi.

Uchrashuvda Ravshan Ermatov O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov va futbol jamoatchiligi nomidan futzal terma jamoamizga mas’uliyatli musobaqada omad va muvaffaqiyatlar tiladi. Litvada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonida tinimsiz qilingan mehnatlar o‘z natijasini ko‘rsatishiga va delegatsiyamiz yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytib kelishiga ishonch bildirdi.

O‘z navbatida, bosh murabbiy Bahodir Ahmedov so‘zga chiqib, mundial tayyorgarligi yo‘lida bir qator yetakchi terma jamoalar bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari va xorijiy mamlakatlarda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etib bergan O‘FA rahbariyati va mas’ul mutaxassislarga jamoa nomidan minnatdorlik izhor etdi hamda Jahon chempionatida munosib qatnashish uchun astoydil harakat qilishlarini bildirdi.

Biz ham o‘z navbatida futzalchilarimizga bo‘lajak mundialda omad tilaymiz.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться